Özbekiston tarixida ilk bor – 130 yoşli insonning tuğilganlik fakti rasman tasdiqlandi
12-09-2025, 13:21
1 145 марта
Özbekiston tarixida ilk bor – 130 yoşli insonning tuğilganlik fakti rasman tasdiqlandiFarğona viloyati Buvayda tumani “Qoraqum” mahallasidan bölgan Umarova (Toşmatova) Huvaydo momoning tuğilganligi ilgari heç qayerda rasmiy qayd etilmagan edi.
Adliya vazirligi taşabbusi bilan ötkazilgan “Heç bir şaxs hujjatsiz qolmaydi” aktsiyasi davomida aniqlanişiça, Huvaydo momo 1895 yil 1 yanvar kuni dunyoga kelgan.
Buvayda tuman adliya bölimi sudga murojaat qilganidan söng, Fuqarolik işlari böyiça Qöqon tumanlararo sudining sayyor majlisida momoning tuğilganlik fakti rasman röyxatdan ötkazildi.
Şu tariqa, Huvaydo momo Özbekiston tarixida ilk bor 130 yoşli inson sifatida huquqiy jihatdan tan olingan hamda mamlakatning eng yoşi uluğ fuqarosi sifatida tarixga kirdi.
Takidlaş joiz
Bu holat nafaqat özgaça rekord sifatida, balki mamlakatimizda inson huquqlari va fuqarolik manfaatlariga qaratilgan islohotlar samarasi sifatida ham katta ahamiyat kasb etadi.