Özbekiston Yevroosiyo taraqqiyot banki aktsiyalarini sotib oladi
18-09-2025, 12:09
89 марта

Özbekiston Yevroosiyo taraqqiyot banki aktsiyalarini sotib oladi
Özbekiston Yevroosiyo taraqqiyot bankining 777 777 dona aktsiyasini sotib oladi. Bu 16 sentyabr kuni qabul qilingan “Özbekiston Respublikasining Yevroosiyo taraqqiyot bankiga azo böliş çora-tadbirlari töğrisida”gi Prezident qarorida belgilangan.Hujjatga köra, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi bankning nominal qiymati 1000 dollar bölgan 777 777 dona aktsiyasini sotib oladi. Ulardan 168 411 tasi (21,7 foiz) pul tölanadigan aktsiya va 609 366 tasi (78,3 foiz) talab böyiça tölanadigan aktsiyalar hisoblanadi.
Tölovning umumiy summasi 168,411 million dollarni taşkil qiladi. Birinçi 10 million dollar 23 sentyabrgaça (qaror kuçga kirganidan bir hafta ötgaç), qolgan mablağ 2026-2027 yillarda 79 million 205 ming 500 dollardan bölib tölanişi kerak.
Joriy yil aprel oyida Prezident Şavkat Mirziyoyev Özbekistonning Yevroosiyo taraqqiyot bankini taşkil etiş töğrisidagi bitimga qöşilişi haqidagi qonunni imzolagan edi. Qonunga köra, bank öz faoliyatini “xalqaro şartnomalar, xalqaro huquq, bank faoliyati tamoyillari va meyorlari asosida” olib boradi.