USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Hamşira çaqaloq öğirlab sotib yubordi

1 078 марта
Hamşira çaqaloq öğirlab sotib yubordi

Payariqda markaziy şifoxona tuğuruq bölimi hamşirasi ruhiy nosoğlom ayolning çaqaloğini öğirlab çiqib, sotib yuborgani aytilmoqda. Çaqaloq 3 kunlik qizaloq bölib, hamşira uni aldov yöli bilan öğirlab olib çiqib ketgan. Bolani 5 mln söm va 100 AQŞ dollariga sotib, pulni özining şaxsiy ehtiyojlariga sarflab yuborgan. 


Malum bölişiça, hamşira  -   1981 yilda tuğilgan ayol  -  Payariq tumani markaziy şifoxonasi tuğuruqxona bölimi hamşirasi lavozimida işlagan, şu yil 12 aprel kuni ruhiy nosoğlom bölgan ayolning çaqaloğini, şuningdek uning fuqarolik pasporti hamda bolaning tuğilganlik haqidagi guvohnomasini olib çiqib ketgan. Bolani öz maşinasida tumanda yaşovçi boşqa fuqaroning uyiga olib borib, uni 5 mln söm hamda 100 AQŞ dollariga sotgan.

Holat yuzasidan Payariq tuman IIB JQB xodimlari tomonidan tergovga qadar tekşiriş işlari olib borilib, bola tuman tuğuruqxonasiga qaytarilgan. 

Sud hukmiga köra, hamşira 2 yil soğliqni saqlaş tizimida mansabdorlik va moddiy javobgarlik vazifalarida işlaş huquqidan mahrum qilingan holda, 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlangan. 

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: