Özbekiston havo hududiga yangi UZ kodi berildi
5-10-2025, 20:59
354 марта
Özbekiston havo hududiga yangi UZ kodi berildiAvval havo hududi UT kodi bilan belgilab kelinar edi. Şuningdek, yagona mutlaq balandlik va yagona ötiş eşeloni joriy etildi.
Joriy yilning 2 oktyabridan boşlab Özbekiston havo hududida ikki yangilik amalga kiritildi: yagona mutlaq balandlik va yagona ötiş eşeloni, şuningdek, UT kodidan yangi xalqaro UZ kodiga ötiş. Bu haqda «Özaeronavigatsiya» DUK matbuot xizmati xabar berdi.
Yangi UZ kodi Özbekistonga tegişlilikni körsatadi hamda turli çalkaşliklarni bartaraf etib, malumotlarni yanada aniq, işonçli va xalqaro raqamli tizimlar bilan moslaşuvçan qiladi. U (ICAO) standartlariga töliq javob beradi va soha raqamli transformatsiyasiga xizmat qiladi.
«Bu esa aeronavigatsiya malumotlari tezroq yangilanişini, yanada qulay, aniq va xavfsiz bölişini anglatadi», — deyiladi «Özaeronavigatsiya» malumotida.
Bundan taşqari, ötiş mutlaq balandligi 13 000 fut etib belgilandi, ötiş eşeloni esa 150 darajada örnatildi. Bu pilotlar va dispetçerlar işini yengillaştiradi, radioaloqa seanslari hamda protseduralar sonini kamaytiradi, havo harakatini boşqarişni yanada aniqroq qiladi.
Uşbu texnologiyalar parvozlarni nafaqat xavfsizroq, balki iqtisodiy jihatdan ham samarali qiladi, yoqilği sarfini va atrof-muhitga çiqindilarni kamaytiradi.
«Qabul qilingan çoralar nafaqat Özbekistonning jahon aviatsiya tizimidagi nufuzini mustahkamlaydi, balki uning havo hududini xalqaro aviakompaniyalar uçun yanada qulay va jozibador qiladi. Engi muhimi — bu özgarişlar parvozlar xavfsizligini oşirişga qaratilgan», — deyiladi xabarda.