USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Alimentdan qoçgan erkak öz xotinini «Damas»da urib ketdi

973 марта

Alimentdan qoçgan erkak öz xotinini «Damas»da urib ketdi

Aliment tölamaslik uçun masuliyatni his etmagan ayrim otalar jinoiy xatti-harakatlardan ham töxtaşmayapti​
«Biroq, aliment tölovidan qoçib yoki undan böyin tovlab, u qoçib ketadimi, yaşirinadimi va hatto, sud qarori bilan 15 sutka qamoq jazosini ötab çiqadimi, baribir, ota voyaga yetmagan farzandlari uçun aliment tölaşga majbur.Farzandlarni taminotisiz qoldiriş – jinoyat. Har bir ota farzand masuliyatini unutmasligi şart»,-deydi Buxoro viloyat Sudi  axborot xizmati rahbari Feruz Şaropov.
Ijtimoiy tarmoqlarda «Alimentdan voz keç yoki mendan yaxşilik kutma» sarlavhasi ostida tarqalgan xabar foydalanuvçilar örtasida keng muhokamalarga sabab bölmoqda.

Holatga köra, Navoiy viloyati, Qiziltepa tumanida yaşovçi fuqaro Ş.A. uzoq yillar davomida muntazam ravişda turmuş örtoği Z.D.ni siquvga olib, urib, haqoratlab kelgan. Biroq, 4 nafar farzandga ona bölgan Z.D. «ostonadan yugurib çiqadigan kelin» degan gap-sözlardan qoçib, sabr bilan maşaqqatli kunlarni boşidan ötkazgan.

Biroq, u keyinçalik «uzoq yillik uyqudan köz oçgan» va farzandlari uçun tirik qoliş maqsadida sudga ajrim uçun ariza bergan.
Navoiy viloyati Fuqarolik sudi joriy yilning 12 avgustida ajraşiş masalasini körib çiqib, 3 oy muddat belgilagan. Şuningdek, sud Ş.A.ga 4 nafar voyaga yetmagan farzandi uçun aliment tölaşi yuzasidan ham qaror çiqargan. Afsuski, 13 avgust kuni Ş.A.  turmuş örtoğiga  qönğiroq qilib, «Alimentdan voz keç, aks holda, mendan yaxşilik kutma», -deya tahdid qilgan.

14 avgust kuni tongda Ş.A. öziga tegişli bölgan «Damas» rusumli avtomaşinasida öz uyidan çiqqan va  yöl çetidan ketayotgan öz turmuş örtoğini urib yuborgan. Natijada Z.D. oğir jarohat olgan.

Ş.A.ning özi Z.D.ni huşsiz holatda tuman markaziy şifoxonasiga olib kelgan. Unga birinçi tibbiyo yordam körsatilgan. Şunga qaramay, oğir ahvoldagi bemor uzoq vaqt öz huşiga kelmagan. Sud-tibbiy ekspertiza xulosasiga köra, umurtqasi sinib, asab tomirlari şikastlangan. Belidan past qismi falaj bölgan.

Malum bölişiça, holat yuzasidan tezkor-suriştiruv işlarini boşlagan içki işlar organlari xodimlariga  Ş.A. uşbu holatni qasddan sodir qilmaganini,  baxtsiz hodisa tufayli urib yuborganini va şu boisdan, Z.D.ni özi kasalxonaga zudlik bilan olib kelganini bildirgan. Va şunga köra, Ş.A.ning xatti-harakatlariga nisbatan Jinoyat kodeksining 266-moddasi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalaniş xavfsizligi qoidalarini buziş) bilan jinoyat işi qözğatilgan.
Biroq, oradan malum muddat ötgaç, oğir ahvoldagi bemor öz huşiga kelgan va asl holatni oçiqlagan. Z.D. içki işlar organlari xodimlariga turmuş örtoği Ş.A uni boşqa tasodif tufayli emas, balki, u yöl çetidan yurib borayotganida, «Damas» avtomaşinasida qasddan urib, bosib ötib ketganini bildirgan.
Z.D.ning yaqin qarindoşlari esa dastlabki tergov davomida qözğatilgan jinoyat işidan norozi bölib, voqeani qasddan urib ketiş va qoçib ketiş, deb hisoblamagani, unga yengil ayblov qöyilgani, aybdorning qamoqda emas, ozodlikda yurgani, şuningdek, Z.D.ning salomatligi oğir ekani yuzasidan şikoyat qilişgan.

«Malumki, Jinoyat sodir etgan şaxsga nisbatan sud hukmiga köra, tegişli jazo qöllaniladi.  Aybdorning ayni paytda ozodlikda yurgani bu uning jazosiz qolayotganini körsatmaydi. Ayni paytda ham holat yuzasidan tergov harakatlari davom etmoqda. Takidlaş joizki, fuqaro Z.D. öz huşiga kelgaç, tergov harakatlariga jalb qilingan va u turmuş örtoği tomonidan avtomaşinasi orqali qasddan urib ketilganini bayon qilgan. Unga qadar sodir etilgan yöl  transport hodisasi yuzasidan Özbekiston Respublikasi jinoyat kodeksining  266-moddasi, 1-qismi asosida jinoyat işi qözğatilgan. Biroq, holat oydinlaşgaç, olib borilayotgan iş qayta malakalanib, gumonlanuvçiga nisbatan Jinoyat kodeksining 104-moddasi,  2-qismi bilan  iş qözğatilgan.  Şuni alohida takidlaş kerakki, heç bir şaxs, heç bir aybdor qonundan qoçib keta olmaydi. Sodir etilgan har qanday jinoyat uçun jazo muqarrar»,-deydi Navoiy viloyati IIB axborot xizmati rahbari Fayozjon Qosimov.


Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: