8 yildan buyon faoliyat yuritib kelgan yirik narkodökon foş qilindi
11-10-2025, 18:51
106 марта

8 yildan buyon faoliyat yuritib kelgan yirik narkodökon foş qilindi
Joriy yilning avgust-sentyabr oylarida bojxona organlari tomonidan huquqni muhofaza qiluvçi boşqa organlar bilan hamkorlikda ötkazilgan köp bosqiçli tezkor tadbirlar natijasida 2017 yildan buyon Özbekistonda faoliyat yuritib kelayotgan, 4 ming nafar faol obunaçisi bölgan «Deadpool» nomli Markaziy Osiyodagi yirik telegram narkodökonning yirik tarqatuvçilari qölga olindi.Jumladan, 2025 yil 31 avgust kuni Andijon viloyati bojxona boşqarmasi tezkor xodimlari tomonidan huquqni muhofaza qiluvçi boşqa organlar xodimlari bilan hamkorlikda Andijon viloyati Xöjaobod tumanida ötkazilgan tezkor tadbirda qirğiz-özbek davlat çegarasida Qirğizistondan Özbekiston hududiga «Deadpool» narkodökon kuratori «Warren Buffett» topşiriğiga asosan Qirğizistondagi narkodökon işçisi ombor mudiri tomonidan uloqtirilgan 2 bölakda kök rangli skotçlarga öralgan 602 gramm «alfa-PVP» sintetik giyohvandlik vositasini Özbekiston Respublikasi fuqarosi qabul qilib olayotganida qölga olindi.
Suriştiruv davomida uşbu şaxs 2023 yildan buyon narkodökon işçisi ekanligi, yiliga örtaça 20 kg yoki 100 ming doza, sönggi 3 yilda jami 50 kg yoki 250 ming doza sintetik narkotiklar tarqatganligini malum qilgan.
Bundan taşqari, 2025 yil 10 sentyabr kuni Toşkent viloyati bojxona boşqarmasi tezkor xodimlari tomonidan huquqni muhofaza qiluvçi boşqa organ xodimlari bilan hamkorlikda Zangiota tumanida ötkazilgan «nazorat ostida yetkazib beriş» tezkor-qidiruv tadbirida 2 nafar fuqarolar «Deadpool» narkodökon kuratori «Warren Buffett» topşiriğiga asosan Rossiyadagi narkodökon işçisi ombor mudiri tomonidan berib yuborilgan, muqaddam Toşkent viloyatida joylaşgan «Navoiy» çegara bojxona postida aniqlangan akkumulyator içiga xufiyona yaşirilgan 20 dona qora izolentaga öralgan 492,2 gramm «klefedron» sintetik giyohvandlik vositasini qabul qilib olayotganlarida qölga olindi.
Suriştiruv jarayonida uşbu 2 nafar şaxs 6 oydan buyon narkodökon işçisi ekanliklari, har biri oyiga örtaça 0,5 kg yoki 2,5 ming doza, 6 oyda esa 2,5 kg yoki 12,5 ming doza sintetik narkotiklar tarqatganliklarini malum qilişgan.
Yuqorida körsatib ötilgan yirik tarqatuvçi şaxslarning har birida kamida 10 nafardan ortiq «zakladçik»lari yani mayda tarqatuvçilari bölib, ular tomonidan tarqatiş va kömiş nuqtalari sifatida Toşkent şahrining Yaşnobod, Mirzo Uluğbek, Bektemir va Toşkent viloyatining Çirçiq va Yuqoriçirçiq tumanlaridagi istirohat boğlari va talim muassasalari atroflari tanlab olingan.
Hozirda holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan jinoyat işi qözğatildi