Avtomaktablar uçun yagona elektron guvohnoma namunasi tasdiqlandi
16-10-2025, 15:39
114 марта

Avtomaktablar uçun yagona elektron guvohnoma namunasi tasdiqlandi
Hukumatning 2018 yil 31 maydagi 408-sonli avtomototransport vositalari va şahar elektr transporti vositalari haydovçilarini tayyorlaş hamda qayta tayyorlaş böyiça nodavlat talim xizmatlarini körsatiş faoliyatini litsenziyalaş tartibini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisidagi qaroriga özgartiriş va qöşimçalar kiritildi.Mazkur özgariş va qöşimçalarni nazarda tutuvçi Hukumatning tegişli qaroriga köra, öquv taşkilotida avtomototransport vositalari va şahar elektr transporti vositalari haydovçilarini tayyorlaş va qayta tayyorlaş böyiça talimni tugatib, imtihonlardan muvaffaqiyatli ötgan nomzodlarga öquv taşkiloti tomonidan imtihon komissiyasi bayonnomasiga asosan talimni bitirganlik haqida yagona namunadagi elektron guvohnoma şakllantiriladi.
Yagona namunadagi elektron guvohnomalar öquv taşkilotlari tomonidan avtomototransport vositalari va şahar elektr transporti vositalari haydovçilarini tayyorlaş va qayta tayyorlaş böyiça talimni tugatib, imtihonlardan muvaffaqiyatli ötgan nomzodlarning malumotlari asosida DYHXX Yagona axborot tizimining «e-avtota’lim. uz» moduli orqali avtomatik ravişda şakllantiriladi.
Yagona namunadagi elektron guvohnoma avtomototransport vositalarini boşqariş huquqini beruvçi milliy haydovçilik guvohnomasini oliş uçun nazariy va amaliy imtihonlar ötkaziş bilan boğliq davlat xizmatlarini körsatuvçi tadbirkorlik subektlariga «e-avtota’lim. uz» moduli orqali real vaqt rejimida avtomatik tarzda taqdim etiladi.
Yagona namunadagi elektron guvohnomalar uçun yiğim undirilmaydi.