Özbekistonda AES qurilişiga Italiya tomoni ham kömaklaşadi
23-10-2025, 17:20
149 марта

Özbekistonda AES qurilişiga Italiya tomoni ham kömaklaşadi
Italiyaning Genuya şahrida amaliy taşrif bilan bölib turgan «Özatom» agentligi direktori Azim Ahmedxöjayev boşçiligidagi delegatsiya 20 oktyabr kuni Ansaldo Energia xoldingi va uning atom energetikasi texnologiyalariga ixtisoslaşgan kompaniyalaridan biri – Ansaldo Nucleare rahbariyati bilan uçraşdi. Xolding Yevropa energetika sektorida energiya uskunalarini, şu jumladan buğ va gaz turbogeneratorlarini loyihalaş, muhandislik, işlab çiqariş va yetkazib beriş bilan şuğullanuvçi yetakçi öyinçi hisoblanadi.Kun tartibidan – Özbekistonda birinçi atom elektr stantsiyasini quriş loyihasini amalga oşirişda texnologik integratsiya va italiyalik hamkorlarning yordamçi tizimlari yeçimlarini Özbekiston iqlim şaroitiga moslaştiriş böyiça hamkorlikni rivojlantiriş masalalari örin olgan.
Italiya tomoni xavfsizlik tizimlarini yaratiş va ular uçun dasturiy taminotni işlab çiqiş, atom elektr stantsiyalari uçun asosiy va yordamçi uskunalarni yetkazib beriş böyiça katta tajribaga egaligi, şuningdek, Xitoy, Belgiya, Sloveniya, Vengriya va Ukraina kabi mamlakatlarda AESlarni baholaş va ularga texnik xizmat körsatiş bilan bir qatorda işlatilgan yadro yoqilğisi bilan işlaşda yuqori professionallik töğrisida sözlab berdi.
Xolding kompaniyalarini Özbekistonda AES qurilişi loyihasini amalga oşirişni nazorat qiliş, şuningdek, samarali yordamçi yeçimlarni işlab çiqiş uçun texnik maslahatçilar sifatida jalb qiliş imkoniyatlari muhokama qilindi.
Ansaldo Nucleare kompaniyasining öz işlanmasi bölgan işlatilgan yadro yoqilğisini boşqariş tizimlarini oliş imkoniyati bilan radioaktiv çiqindilar bilan işlaş sohasida kompaniya bilan özaro hamkorlik qiliş xususiyatlari batafsil örganildi.
Şu bilan birga, Italiya tomoni milliy normativ-huquqiy bazani şakllantiriş va litsenziyalaş böyiça maslahat faoliyatini amalga oşiriş, şuningdek, ikki mamlakat manfaatlari yölida atom sohasida texnologiyalarni doimiy ravişda takomillaştiriş va kadrlar tayyorlaş maqsadida qöşma ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik işlarini (ITTKI) taşkil etişga qiziqiş bildirdi.