USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Mundial qurasi. Özbekiston qanday guruhdan örin olişi mumkin va guruhdan çiqiş imkoniyati qanday böladi?

508 марта
Mundial qurasi. Özbekiston qanday guruhdan örin olişi mumkin va guruhdan çiqiş imkoniyati qanday böladi?

Foto: AFP via Getty Images

Dekabr oyida 2026 yilgi jahon çempionati uçun qura taşlanadi va Özbekiston vakillari ham tarixda ilk bor uşbu marosimda bevosita iştirok etadi. Tabiiyki, tarixiy turnirga bölgan munosabat nuqtayi nazaridan guruhda kimlar raqib bölişi mumkinligini biliş, şunga qarab vazifalarni belgilaş biz uçun muhim. Etiborli tarafi, Özbekiston qurada köpçilik kutganidek sönggi savatçada emas, balki 3-savatçada joylaşişidir. Bu bizga nima beradi? Rostan ham qaysi savatda joylaşiş muhimmi? Quyida uşbu qura haqida.


Mundial formati 


Bu safar mundialda tarixda ilk bor 48 milliy jamoa iştirok etadi. Jamoalar 4 ta jamoadan iborat 12 guruhga ajratiladi. Har bir guruhda birinçi va ikkinçi örinni egallagan jamoalar (jami 24 jamoa), şuningdek, uçinçi örin egalaridan nisbatan eng yaxşi körsatkiçga ega bölgan 8 jamoa 1/16 final bosqiçiga çiqadi. Yani Özbekiston vakillarida ham guruhdan çiqiş va 32 talikka kiriş uçun yaxşi imkoniyat böladi. Avvalgi muvaffaqiyatsiz saralaşlarda Özbekiston amalda şunday 32 talikka kira olmay, mundial ostonasida qolib ketgandi.

3-örin vakillariga ham imkoniyat qoldiradigan formatdagi turnirlar oldin ham bölgan, uç öyindagi 4 oçko amalda guruhdan çiqiş uçun yetarli bölib keladi. Hatto ayrim holatlarda 3 oçko bilan ham eng yaxşi uçinçi örinlar qatorida guruhdan çiqiş imkoni bölgan. Masalan, Yevro-2016 ğolibi bölgan Portugaliya pley-offga uçta durang bilan çiqqandi. Ammo buning uçun ham töplar nisbati u qadar manfiylaşib ketmasligi va boşqa guruhlarda kerakli natijalar sodir bölişi talab etiladi.

 Savatçalar qanday aniqlanadi?


Qurada 48 iştirokçi har biri 12 ta jamoadan iborat bölgan 4 savatga taqsimlanadi. Har bir guruh har bir savatdan bittadan jamoa bilan töldiriladi. Savatlar FIFAning 2025 yil dekabrdagi reytingiga qarab, yani jamoalar yana ikkitadan uçraşuv ötkazgaç hosil böladigan holatga qarab aniqlanadi.

Birinçi savatdan mundial mezbonlari – AQŞ, Meksika va Kanada milliy jamoalari joy olişi aniq. Qolgan 9 örin esa FIFA reytingida eng yuqorida joylaşgan 9 jamoaga beriladi. Reytingda yuqori örindagi jamoalarning deyarli barçasi amalda mundial yöllanmasini hal qilgani etiborga olinsa, 1-savat deyarli şakllanib ulgurgan deyiş mumkin. Bular mezbonlardan taşqari Ispaniya, Argentina, Frantsiya, Angliya, Portugaliya, Niderlandiya, Braziliya, Belgiya va Germaniya jamoalaridir.

Aslida FIFA reytingida Italiya ham kuçli töqqiztalikda (Germaniya 10-örinda), ammo ayni paytda italyanlar saralaşdagi guruhida peşqadam Norvegiyadan ança ortda qolib ketgan va katta ehtimol bilan ötiş öyinlari orqali yöllanma uçun kuraşadi.


Demak, yuqorida sanalgan 12 jamoadan biri Özbekistonning guruhdagi birinçi raqibi böladi.


Keyingi savatlar ham xuddi şunday reyting asosida şakllantiriladi.

Biz nega uçinçi savatdamiz?

Özbekiston FIFA reytingida 55-örinda bölsa-da, qanday qilib 3-savatdan, yani kuçli 36 jamoa orasiga qöşilib qolganining sababi bor. Malumki, final bosqiçining 6 iştirokçisi quradan keyin, 2026 yil mart oyida böladigan pley-off öyinlarida aniq böladi. Mana şu 6 jamoa ham reytingidan qati nazar 4-savatçaga joylaştiriladi.

Tört jamoa UYeFAdan böladi. Guruhlarda 2-örinni egallagan 12 jamoa va yana Millatlar Ligasi orqali qöşiladigan 4, jami 16 jamoa pley-off orqali yana tört iştirokçini aniqlaydi. Yuqorida aytilganidek, Italiya kabi kuçli jamoalar ham pley-offga qoliş ehtimoli yuqori va aslida Italiya reytingda 9-örinda turganiga qaramasdan sönggi savatçadan joy oladi.

Yana ikki jamoa qitalararo pley-off orqali aniqlanadi. Janubiy Amerika, Konkakaf, Osiyo va Afrika vakillari özaro öyinlarda sönggi ikki yöllanma egasini aniqlaydi. Demak, 4-savatçadan örin oladigan 6 jamoa şular.

Yana 6 jamoa esa tabiiyki, FIFA reytingida yöllanma egalari orasida nisbatan past örinlarda turgan iştirokçilar. Özbekiston ayni paytda reytingda jahon çempionati yöllanmasini qölga kiritib bölgan 6 jamoadan yuqorida joylaşgan va noyabr oyidagi öyinlarda ham bu holat özgarişi amalda imkonsiz masala. Bu jamoalar – Saudiya Arabistoni (58), JAR (59), Iordaniya (66), Kabo Verde (71), Gana (73) va Yangi Zelandiya (85) bölib, ular qolgan ikki öyindagi natijalardan qati nazar reytingda Özbekistondan ötib keta olmaydi.


Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: