USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Endi iş vaqtidan taşqari iş uçun 2 hissa haq tölanadi

386 марта

Endi iş vaqtidan taşqari iş uçun 2 hissa haq tölanadi

Özbekistonda iş vaqtidan taşqari işning 1 kundagi birinçi 2 soati uçun kamida 1,5 hissa miqdorida, 2 soatdan ortiq qismi uçun kamida 2 hissa miqdorida haq tölanişi belgilandi. Bu haqda keça, 11 noyabr kuni qabul qilingan Özbekiston Respublikasining 1095-sonli qonunida söz boradi. 

Qonun bilan qonun hujjatlariga Migratsiya agentligining vakolatlarini aniqlaştiriş, xususiy bandlik agentliklarining huquq va majburiyatlarini kengaytiriş, şuningdek iş vaqtidan taşqari iş uçun haq tölaş tizimini takomillaştirişga qaratilgan özgartiriş va qöşimçalar kiritilgan.
Unga köra, xususiy bandlik agentliklariga quyidagi huquqlar berildi:
  • iş qidirayotgan şaxslarni kasb-hunar va çet tillarga öqitiş böyiça öquv kurslarini belgilangan tartibda taşkil qiliş, şuningdek uşbu jarayonga çet ellik iş beruvçilarni jalb etiş;
  • zaxira qilinadigan mablağlarni tijorat banklaridagi depozitlarga joylaştiriş hisobidan olinadigan foiz daromadlarini mustaqil ravişda tasarruf etiş.
Bundan taşqari, Mehnat kodeksiga kiritilgan özgartirişlarga köra, iş vaqtidan taşqari işning davomiyligi yiliga 120 soatdan oşmasligi töğrisidagi talab çiqarib taşlandi. 
Şuningdek, iş vaqtidan taşqari işning 1 kundagi birinçi 2 soati uçun kamida 1,5 hissa miqdorida, 2 soatdan ortiq qismi uçun kamida 2 hissa miqdorida haq tölanişi belgilandi. 

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: