USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Özbekistonda metan narxi keskin kötarildi

1 791 марта

Özbekistonda metan narxi keskin kötarildi

Özbekistonda 2025 yil oktyabr oyida oziq va nooziq hamda xizmatlar sohasida narxlarning yillik qanday özgargani malum qilindi. Bu haqda Markaziy bank axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilişiça, şu oyda metanning yillik narxi keskin, yani 30,5 foizga kötarilgan, şuningdek, benzin qiymati 11,7, nikoh uzugi bahosi 33,4, gazeta va jurnallar 15,3, sigaret 9,6 foiz hamda tabiiy gullar 9,8 foizga qimmatlagan.


Bunga qaramasdan, propan narxi 18 foizga, konditsionerlar 1,3 foizga, televizorlar 0,3 foizga hamda qoğoz qiymati 3,9 foizga tuşgan.
Istemol narxlari indeksidagi 250 turdagi nooziq-ovqat mahsulotlarining 243 tasi, yani 97 foizi böyiça yillik narx ösişi 10 foizdan kam bölgan.

Qimmatlaşgan mahsulotlarga suyaksiz va suyakli mol göşti (25,3 hamda 24,2 foiz), karam (24,7 foiz), kungaboqar moyi (22,6 foiz), şuningdek, piyoz (18,9 foiz) misol böla oladi.
Oziq-ovqatlardan şaftoli narxi 28,7 foizga, tarvuz 21,8 foizga, uzun va yumaloq donali guruç 18 foizga, bodring va banan mos ravişda 17,6 hamda 15,1 foizga arzonladi.

Bildirilişiça, istemol narxlari indeksidagi 170 ta oziq-ovqat mahsulotining 150 tasida (88 foiz) yillik narx ösişi 10 foizdan kam bölgan.
Xizmatlar yönalişda pul ötkazmalari 4,8 foiz, mikromoliyaviy xizmatlar 0,2 foizga arzonlagan bölsa, davlat boğçalari 21 foiz, markaziy isitiş va elektr energiyasi mos ravişda 20,9 hamda 18,8 foizga qimmatlaşgan.
Bundan taşqari quyidagilar:
  • içki aviareyslar narxi — 52,3 foizga;
  • tarmoq gazi — 39,2 foizga;
  • sovuq suv — 35,1 foizga;
  • muzey xizmatlari — 32,3 foizga;
  • çiqindi taşlaş — 28,6 foizga;
  • suyultirilgan gaz — 25 foizga;
şahar avtobusida yöl haqi esa 22,3 foizga oşgan.
Özbekistonda yillik inflyatsiya 7,8 foizga tuşib, ötgan yilga nisbatan 2,4 foiz punktga pasaygani xabar qilingandi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: