Oston Örunov Holand, Messi, Ronaldu va Mbappeni ortda qoldirdi
16-11-2025, 23:32
770 марта
Oston Örunov Holand, Messi, Ronaldu va Mbappeni ortda qoldirdiÖzbekiston terma jamoasi hamda Eronning “Persepolis” klubi futbolçisi Oston Örunov sönggi 24 soat içida Transfermarkt portalida eng köp qidirilgan futbolçiga aylandi. Bu haqda “Tarafdari.com” naşri xabar berdi.
Fabio Kannavaro boşçiligidagi jamoa 14 noyabr, juma kuni Misrga qarşi öyinda 2:0 hisobida ğalaba qozondi. Uşbu bahsda Örunov yorqin öyin körsatdi. Uçraşuvdagi har ikki golga ham aynan Oston mualliflik qildi. Qolaversa, 24 yoşli vinger öyin davomida 4 ta aniq zarba berdi (2 ta gol). Şuningdek, 1 marta darvoza tösinini poyladi, 18 ta muvaffaqiyatli dribling qildi va bitta kalit pas berdi.
“Liverpul” hujumçisi Muhammad Saloh öynagani ortidan uçraşuvga bölgan qiziqiş juda yuqori edi. Manbaga köra, bellaşuvni tomoşa qilgan muxlislar Örunovning körsatgan öyinidan hayratda qolgan. 24 yoşli futbolçi öşa kuni Erling Holand, Lionel Messi, Kriştianu Ronaldo va Kilian Mbappe kabi yulduzlarni ortda qoldirib, Transfermarkt portalida eng köp qidirilgan futbolçi böldi.