USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Xonanda Jahongir Otajonov firibgarlik qurboni böldi

5 970 марта
Xonanda Jahongir Otajonov firibgarlik qurboni böldi

Xonandani talabalik davridan aka-ukadek bölib kelgan boşqa bir xonanda 2,3 mlrd sömga çuv tuşirgan. Firibgarlik işida Jahongir Otajonovning Lexus va BMW rusumli maşinalarini, uyini sotib oliş, töyga çaqirib, pulini özlaştiriş bilan boğliq bir neçta epizodlar bor. Uşbu jinoyatni sodir qilgan xonanda sud hukmi bilan 8 yilga ozodlikdan mahrum qilindi.

Foto: YouTube

Xonanda X.X. jinoiy jazoga tortildi. U firibgar jinoyatini sodir qilişda gumonlanib, 2025 yil 9 avgustdan buyon qamoqda saqlanayotgandi. Kun.uz sud hujjati bilan tanişdi.


Sud hukmida keltirilişiça, Jahongir Otajonov va X.X. Özbekiston Davlat Konservatoriyasida öqib yurgan kezlarda tanişib, aka-ukadek bölib kelgan. Ikki xonanda örtasidagi “oldi-berdi” 2017 yilda boşlangan.


2017 yil noyabr. X.X.Jahongir Otajonovning Lexus maşinasini 68 ming dollarga baholab, sotib olgan. U dastlabki tölov sifatida 34 ming dollar bergan va qolgan 34 ming dollarni 2 yilga bölib tölaşga kelişgan. Keyinçalik maşinani oldi-sotdi şartnomasiga asosan boşqa şaxslarga rasmiylaştirişga erişib, Jahongir Otajonovga 34 ming dollarni bermasdan, pullarni şaxsiy ehtiyojlari uçun sarflab yuborgan.


2019 yil iyul. X.X. Jahongir Otajonovni tanişining Toşkent şahrida bölib ötadigan töy marosimiga taklif etgan hamda xizmati evaziga 1000 dollar berişini bildirgan. U kelişilgan 1000 dollarni töy egasidan özi olib, Jahongir Otajonovga keyinçalik berişini aytgan. Ammo uşbu pulni bermasdan, öz ehtiyojlariga sarflagan. X.X. 2019 yil iyul oyida xuddi şu uslubda Jahongir Otajonovni Qaşqadaryo viloyatiga töyga olib borib, xizmat uçun kelişilgan 5 ming dollarni töy egasidan özi olgan holda xonandaga bermagan.


2021 yil fevral. X.X. Jahongir Otajonov BMW maşinasini 83 ming dollarga sotmoqçi ekanini eşitib qolgan. U maşinani xonandaga 15 ming dollar berib, qolgan qismini 2 yil davomida tölab beriş şarti bilan olgan. Keyinçalik avtomobilni oldi-sotdi şartnomasi asosida boşqa şaxslar nomiga rasmiylaştirib olişga erişgan. Kelişuv böyiça 68 ming dollarni esa Jahongir Otajonovga bermasdan, öz ehtiyojlariga işlatib yuborgan.


2021 yil mart. X.X. Jahongir Otajonov Toşkent şahrining Yunusobod tumanidagi xonadonni sotiş niyatida ekanligidan xabar topgan. U mazkur xonadon uçun mijoz topganini, uyni 35 ming dollarga sotişini xonandaga aytgan. Biroq uşbu pulning 30 ming dollarini berib, qolgan 5 ming dollarini keyinçalik berişini vada qilgan. Lekin u bu safar ham öz vadasida turmagan.


Bundan taşqari, X.X. Jahongir Otajonovni özi muqaddam ijara asosida yaşab kelgan Toşkent şahar Yakkasaroy tumanidagi uyni ikki yil muddatga bölib tölaş evaziga sotib olişga qiziqtirgan. U xonanda yaşab kelgan Toşkent şahar Mirzo Uluğbek tumanidagi 6,54 sotixli uyning uy-joy qurilgan 1,18 sotix qismini 50 ming dollarga sotib olişga va uşbu pullarni Jahongir Otajonov sotib olayotgan Yakkasaroy tumanidagi xonadon uçun tölov sifatida berişga işontirgan. Biroq Jahongir Otajonov Turkiyada ekanidan foydalangan X.X. 50 ming dollarni xonanda sotib olayotgan uy egasiga tölov qilmasdan, 2021 yil 2 aprel Mirzo Uluğbek tumanidagi xonadonni xaridor nomiga töliq ötkazişga erişgan. 2021 yil 12 may kuni esa uyning 1,18 sotix qismini özining nomiga rasmiylaştirib olgan. Bu orqali Jahongir Otajonovning uy-joyga bölgan mulk huquqini qölga kiritgan. Söngra 2022 yil 25 iyul kuni mazkur xonadonni sotib yuborib, Jahongir Otajonovga 50 ming dollar miqdorida moddiy zarar yetkazgan.


Şu kabi, X.X. yana bir uy epizodi böyiça Jahongir Otajonovga 32 ming dollar zarar yetkazib, uşbu pullarni ham öz ehtiyojlari uçun sarflab yuborgan.


X.X. sudda aybiga qisman iqror bölgan va uşbu pullarni sanat sohasidagi faoliyatini rivojlantiriş uçun sarflaganini bildirgan.

“Mening hisobim böyiça Jahongir Otajonovga hozirgi kunda 85 ming dollar berişim kerak. Holat sodir bölgan vaqt böyiça pul oldi-berdi işlari yuzasidan pul miqdori böyiça adaşayotgan bölişim mumkin. Jahongir Otajonov barça hisob-kitobni özi uçun qayd qilib yurganini inobatga olib, uning pul miqdori böyiça barça vajlarini töliq tasdiqlayman”, degan u suddagi körsatmasida.


Şuningdek, X.X. qilmişidan puşaymonligini, imkon berilsa işlab, jabrlanuvçiga yetkazilgan moddiy zararni qoplab berişini bildirgan hamda suddan yengillik söragan.


JIB Yakkasaroy tuman sudining hukmi bilan X.X. Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 4-qismi “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilgan. Unga 8 yil muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlangan.


X.X.dan jabrlanuvçi Jahongir Otajonov foydasiga yetkazilgan moddiy zarar, yani 2 mlrd 337 mln söm undiriş belgilangan. Şuningdek, X.X. nomiga rasmiylaştirilgan, Toşkent şahrida joylaşgan 2 ta xonadon sodir etilgan jinoyat natijasida orttirilgan mulk sifatida baholanib, sotuvga qöyilişi, sotuvdan tuşgan mablağ yetkazilgan moddiy zararni qoplaşga qaratilişi ham nazarda tutilgan.

Изоҳ қолдириш

    • Назира 17 Noyabr 2025 22:25
      Бир икки марта алдангандан кн чув тушгандан кейин алок,ани узиш керак эди.

Мавзуга алоқадор: