USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Özbekiston byurokratiyani töxtatiş uçun yangi dasturni işga tuşiradi

132 марта
Özbekiston byurokratiyani töxtatiş uçun yangi dasturni işga tuşiradi

Özbekistonda 2026 yil 1 yanvardan boşlab davlat boşqaruvini raqamli transformatsiya qiliş va samaradorligini oşirişga qaratilgan “Byurokratiyani bartaraf etiş – 2030” dasturi işga tuşiriladi. Bu Özbekiston Respublikasi Prezidentining bugun, 28 noyabr kuni qabul qilingan “Davlat boşqaruvini raqamli transformatsiya qiliş va samaradorligini oşirişga qaratilgan taşkiliy çora-tadbirlar töğrisida”gi farmoyişida belgilangan.

Dasturning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilandi:

Davlat xizmatlaridan tez va qulay foydalaniş orqali fuqarolarning hayot sifatini yaxşilaş;
tadbirkorlikni rağbatlantiriş, mamlakatning xorijiy investitsiyalar uçun jozibadorligini oşiriş;
raqamli boşqaruv va davlat boşqaruvi sohalarida mamlakatimizning ijobiy imijini şakllantiriş;
ortiqça tartib-taomillarni bartaraf etiş va jarayonlarning şaffofligini oşiriş orqali suiistemolçilik xavfini kamaytiriş.

Dasturning amalga oşirilişini muvofiqlaştiriş maqsadida Strategik rivojlaniş va islohotlar agentligi huzurida loyiha ofisi taşkil etiladi hamda uning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilanadi:
Dasturni muvaffaqiyatli amalga oşiriş masalalari böyiça xorijiy davlatlar va xalqaro taşkilotlar bilan hamkorlikni yölga qöyiş;
dastur doirasida amalga oşiriladigan çora-tadbirlar böyiça “yöl xaritasi”ni işlab çiqiş va tasdiqlaş uçun Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik rejalaştiriş va rivojlaniş böyiça muvofiqlaştiruvçi kengaşga kiritiş;
har yil yakunida vazirlik va idoralar, Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi, viloyatlar va Toşkent şahar hokimliklari (keyingi örinlarda – davlat taşkilotlari) tomonidan davlat boşqaruvida byurokratiyani bartaraf etiş böyiça amalga oşirilgan işlar samaradorligini baholaş, elon qiliş hamda davlat taşkilotlari va taşabbuskorlarni rağbatlantiriş yuzasidan Özbekiston Respublikasi Prezidentiga axborot kiritiş.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: