Maktab va boğçalar qurilişini moliyalaştiriş mahalliy byudjetlarga ötkaziladi
4-12-2025, 14:08
201 марта

Maktab va boğçalar qurilişini moliyalaştiriş mahalliy byudjetlarga ötkaziladi
2026 yildan akademik litseylar, maktabgaça talim taşkilotlari hamda umumtalim va ixtisoslaştirilgan maktablar qurilişi, rekonstruktsiyasi va kapital tamiri uçun xarajatlar Respublika darajasidan mahalliy byudjetlar ixtiyoriga ötkaziladi. Bu haqda keça, 3 dekabr kuni Oliy Majlis Qonunçilik palatasining navbatdagi majlisida Iqtisodiyot va moliya vaziri Jamşid Qöçqorov malum qildi.Malum qilinişiça, 2026 yildan boşlab akademik litseylarni saqlaş, şuningdek, maktabgaça talim taşkilotlari, umumtalim maktablari, ixtisoslaştirilgan maktablar obektlarini loyihalaştiriş, quriş (rekonstruktsiya qiliş) va mukammal tamirlaş xarajatlari endi Qoraqalpoğiston Respublikasi byudjeti, viloyatlar byudjetlari va Toşkent şahar byudjeti hisobidan moliyalaştiriladi.
Şu munosabat bilan, respublika byudjeti parametrlarida mahalliy byudjetlarni qöllab-quvvatlaş uçun quyidagi mablağlar ajratilişi prognoz qilingan: 2026 yilda jami 19,7 trln söm tartibga soluvçi byudjetlararo transfertlar, şundan 3,6 trln söm aktsiz soliği tuşumlari hisobidan yönaltiriladi.