Özbekiston Rossiyadan makaron sotib olişni oşirdi
8-12-2025, 19:00
217 марта

Özbekiston Rossiyadan makaron sotib olişni oşirdi
Rossiya makaron mahsulotlari eksportini 2025 yilning dastlabki 9 oyida 21 foizga oşirdi. Bu haqda Rossiya Federatsiyasi Eksport mahsulotlarini rivojlantiriş federal markazi malum qildi.Qayd etilişiça, uşbu davrda Rossiya 154 million dollarlik makaron mahsulotlarini taşqi bozorlarga yetkazib bergan. Eksportning asosiy uluşi ananaviy tarzda qöşni davlatlarga töğri keladi.
Belarus 35 foizlik uluş bilan yetakçilik qilmoqda. Yil boşidan buyon uşbu mamlakatga 54 million dollarlik mahsulot jönatilgan, bu ötgan yilning şu davriga nisbatan 43 foizga köp.
Qozoğiston ikkinçi örinda turibdi – mamlakat 36 million dollarlik Rossiya makaronini xarid qilgan, bu esa 2024 yilning şu davriga nisbatan 1 foizlik ösişni taşkil etadi. Özbekiston esa 16 million dollar bilan kuçli uçlikni yakunlab, importni 19 foizga oşirgan.
Qadoqlanmagan makaronlar Rossiya eksportining asosiy qismini taşkil qiladi – 2025 yilda uşbu toifa eksport tuşumining qariyb 63 foizini egallagan. Tuxumsiz pişirilmagan makaron esa 32 foizlik uluş bilan ikkinçi örinda.
“Makaron mahsulotlari sobiq Ittifoq hududidagi hamda undan taşqaridagi köplab davlatlarda asosiy oziq-ovqat mahsulotidir. Bozorning yuqori talab darajasi, Rossiyadagi zamonaviy işlab çiqariş quvvatlari va mahsulot turlarining muntazam yangilanib borişi eksport salohiyatini yanada kengaytirişga xizmat qilmoqda”, dedi Federal agroeksport markazi rahbari Ilya Ilyuşin.