USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Özbekistonda dollarlaşuv darajasi pasaydi

538 марта

Özbekistonda dollarlaşuv darajasi pasaydi

Özbekiston iqtisodiyotida dollarlaşuv tabiiy darajasi sezilarli kamaydi. Bu haqda Markaziy bank ötkazgan tadqiqotda malum böldi.
Mamlakatda qisqa muddatli (12 oy) dollarlaşuv 2020 yil yanvarda 24,5 foizni taşkil etgan. Bu körsatkiç 2025 yil oktyabr oyiga kelib 17,8 foizga tuşdi. Uç yil muddatli davrni içiga olgan dollarlaşuv tabiiy darajasi esa 19,3 foizga teng böldi.
Grafika: Markaziy bank
“Joriy yil boşidan almaşuv kursi tebranuvçanligi oşişi aholi va biznes subektlari uçun çet el valyutasida jamğariş, narx belgilaş va hisob-kitoblar olib boriş borasida noaniqliklarni kuçaytirdi hamda uşbu davrda narxlarning keskin ösişi kuzatilmadi. Bu esa dollarlaşuv tabiiy darajasining pasayişiga olib keldi”, deyiladi tadqiqotda.

Grafika: Markaziy bank​
Narxlar barqarorligi milliy valyutaga işonçni oşiradi va dollarlaşuvni kamaytiradi. Valyuta kursining doimiy qadrsizlanişi esa aholining çet el valyutasidan köproq foydalanişiga sabab böladi.

Tahlilga köra, mamlakatda muddatli depozitlardagi dollarlaşuv keskin kamaygan. Xususan, korxonalar muddatli depozitlari böyiça dollarlaşuv darajasi 2019-yildagi 48,2 foizdan 2025 yil noyabrdagi 20,5 foizgaça tuşgan. Mazkur davrda aholi muddatli omonatlaridagi dollarlaşuv ham 32,6 foizdan 22,5 foizgaça pasaygan. Biroq talab qilib olgunça depozitlar (istalgan vaqtda qaytarib oliş mumkin bölgan mablağlar) dollarlaşuvi uzoq muddatli davrda 40 foizdan yuqori darajada şakllanyapti.

Markaziy bank hozirda sömda pul saqlaş avvalgiga nisbatan köproq işonçli ekanini qayd etgan. Bank depozitlarida milliy valyuta jozibadorligi ortganini takidlagan. Şu bilan birga, kursdagi tebranişlar uzoq muddatli xavf tuğdirmayotganiga urğu berilgan.

“Özbekistonda tabiiy dollarlaşuvning pasayişi — iqtisodiy barqarorlik ortayotganining belgisi. Narxlar barqarorligi va valyuta siyosatidagi izçillik milliy valyutaga bölgan işonçni mustahkamlamoqda”, deyiladi tadqiqotda.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: