USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Özbekiston real iş haqi oşişi böyiça qöşni davlatlardan ortda qolmoqda — hisobot

465 марта
Özbekiston real iş haqi oşişi böyiça qöşni davlatlardan ortda qolmoqda — hisobot

Sönggi çoraklarda Özbekistonda real iş haqi ösişi mintaqadagi davlatlar bilan soliştirganda pastroq şakllanmoqda. Bu haqda Markaziy bank “Mehnat bozori şarhi”da malum qildi.


Joriy yil yanvar-mart oylarida Markaziy Osiyo davlatlarida real iş haqining örtaça ösişi 9,8 foizni, ayrim Kavkaz davlatlarini hisobga olganda esa 9,1 foizni taşkil etgan. Mazkur davrda Özbekistonda real iş haqi ösişi 7,2 foizga teng bölgan.

“Iqtisodi öxşaş mamlakatlarga nisbatan mazkur tafovutning uzoq muddat saqlanib qolişi kelgusida Özbekiston mehnat bozori iştirokçilarining xarid qobiliyati pasayişiga va talabning susayişiga olib keladi”, — deyiladi şarhda.

2025-yil II çoragida Özbekistonda mehnatga haq tölaşning eng kam miqdori 91 dollarni taşkil etgan. Eng yuqori minimal iş haqi miqdori Belarus (243 dollar), Ozarbayjon (235 dollar) va Möğuliston (222 dollar) davlatlariga töğri kelgan.

“Özbekistonda yillik minimal iş haqining aholi jon boşiga yalpi içki mahsulot hajmiga nisbati 35 foizga teng bölgan. Uşbu körsatkiçning yuqoriligi mamlakatda daromadlar boşqa davlatlarga nisbatan tengroq taqsimlanganini körsatsa, nisbatning pastligi aksinça daromadlar noteng taqsimlanganidan dalolat beradi. Mintaqa davlatlari orasida Qozoğiston (14 foiz), Qirğiziston (14 foiz) va Gruziya (12 foiz) davlatlarini hisobga olmaganda, boşqa davlatlar, jumladan Özbekistonning uşbu körsatkiçlari yuqoriroq va bir-biriga yaqin şakllangan”, — deya qayd etgan Markaziy bank.

Özbekistonda 2025-yil II çoragida iş haqining nominal ösiş surati yillik 17,2 foizni, real ösişi esa 7,3 foizni taşkil etgan. Bunda örtaça oylik iş haqi 6 million sömga teng bölgan.

Sohalar kesimida moliya va suğurta, axborot va kommunikatsiya xizmatlarida (14,8 million söm) örtaça iş haqi boşqa sohalarga nisbatan yuqoriligiça qolgan.

Öz navbatida, II çorak davomida axborot, transport va ijtimoiy xizmatlar xodimlari iş haqi qolgan tarmoqlar işçilarinikiga nisbatan real va nominal qiymatlarda yuqoriroq ösgan. Iş haqining eng kam ösişi quriliş sohasida kuzatilib, nominal qiymatda yillik 6,1 foizga oşgan, real qiymatda esa 2,8 foizga kamaygan.

2025-yil 1-iyul holatiga köra, mamlakat iqtisodiyotida iş bilan band aholi soni 14,6 million nafardan, işsizlar soni 800 ming kişidan iborat. Mehnat bozorida qamrab olinmagan aholi, jumladan bolalar, talabalar, nafaqaxörlar va boşqalar soni 22,5 million kişini taşkil etadi. Şundan mehnatga layoqatli yoşgaça bölgan aholi 12 million nafardan iborat.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: