Markaziy Osiyoda elektr toki tariflari: narxlar qaysi davlatda qimmatroq?
19-12-2025, 11:38
156 марта

Markaziy Osiyoda elektr toki tariflari: narxlar qaysi davlatda qimmatroq?
May oyida Özbekiston aholisi uçun elektr energiyasi tarifi 34 foizga oşirildi. Bu köpçilik oilalar uçun sezilarli narx ösişidir. Qarangki, 2025-yilda qöşni davlatlarda ham tariflar qimmatlaşdi. Mintaqada eng yuqori narx qaysi davlatda? Özbekistonda kelgusi yillarda tariflar qanday özgarişi mumkin? Uşbu maqolada raqamlarni taqqoslab, tahlil qilamiz.Narxlar qanday özgardi?
2016 yil oktyabrdan Özbekistonda aholi 1 kWh elektr energiyasi uçun 191 sömdan tölay boşlagan. Keyin narxlar ketma-ket oşib bordi — 2017 yil 15 iyuldan 204,3 sömga, 2018 yil apreldan 228,6 sömga çiqdi.2018 yil 16 noyabrdan qiymat 250 sömga yetkazilgan. Mutasaddilar narx kötarilişini elektr işlab çiqarişda yoqiladigan gaz, mazut va kömir qimmatlaşgani bilan izohlagan.
Keyingi tarif ösişi 2019 yil 15 avgustda yuz berib, aholi har bir kWh tok uçun 295 sömdan tölaydigan bölgan.
.png)
2024 yil bahoridan gaz va elektr energiyasi istemoliga tabaqalaştirilgan tariflar joriy qilindi. Yangi tartib asosida aholi 200 kWh’gaça sarflagan elektr energiyasi uçun imtiyozli tarifda, ijtimoiy normadan oşgan qismiga esa bozor narxida tölov qilişga ötdi. Imtiyozli, yani minimal narx birdaniga 450 sömga çiqdi. Tok sarfi 200 kWh’dan ötsa, keyingi tarif 900 sömdan, 1 000 kWh’dan oşsa, 1 350 sömdan hisoblana boşladi. Şu bilan birga, 5 000 va 10 000 kWh’lik çegaralarda ham tariflar ösuvçi şaklga ötkazildi. Statistika qömitasi hisobiga köra, 2024-yilda respublikada elektr energiyasi narxi 67 foizga kötarilgan.
Mamlakatda 2025 yil 1 maydan boşlab tariflar yana oşirildi: ijtimoiy norma doirasidagi har bir kWh elektr uçun tölov 600 söm etib belgilandi. Bu imtiyozli tarif 34 foizga oşdi degani.Umuman olganda, mamlakatda elektr energiyasi 1,5 yilda 295 sömdan 600 sömga yoki ikki baravardan ortiqqa qimmatlaşdi.
.jpg)
Endi narxlar qaçon oşadi?
2025 yil 1 maydan Vazirlar Mahkamasining tarif siyosatiga oid 337-sonli qarori kuçga kirdi. Hujjatda elektr energiyasi uçun tasdiqlangan tariflar 2026-yildan boşlab kamida uç yil özgarmasligi belgilangan.2025-yilning mart oyiga kelib, hukumat energetika tariflariga oid yana bir — 194-sonli qarorini qabul qildi. Undagi tartib yuqoridagi qaror mazmuniga zid keladi. Yani hujjatda 2026 yil 1 yanvardan etiboran elektr narxlari har yili 1 maydan yillik inflyatsiya darajasiga moslab oşirilişi belgilangan.
Teng yuridik kuçga ega hujjatlar örtasida tafovutlar bölgan taqdirda, keyinroq qabul qilingan hujjat qoidalari amal qilişidan kelib çiqsak, endi har yili 1 maydan narxlar özgarib boradi.