Tramp Özbekistonga kelişi mumkin
23-12-2025, 23:11
368 марта
Tramp Özbekistonga kelişi mumkinŞavkat Mirziyoyev ham Donald Trampni Özbekistonga taklif qildi
Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev AQŞ Prezidenti Donald Trampni özi uçun qulay muddatda Özbekistonga taşrif bilan kelişga taklif qildi. Bu haqda u bugun, 23 dekabr kuni bölib ötgan telefon muloqotida söz oçdi.
Yetakçilar muloqot davomida ikki tomonlama munosabatlarni muhokama qildi. Xususan, fuqaro aviatsiyasi, avtosanoat, toğ-kon sanoati, qişloq xöjaligi, infratuzilma, energetika va kimyo, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va boşqa sohalarda önlab milliard dollarlik qöşma loyihalar amalga oşirilmoqda.
Amaldagi loyiha va dasturlarni samarali ilgari suriş hamda yangilarini işlab çiqiş maqsadida Amerika – Özbekiston işbilarmonlar va investitsiyalar kengaşi taşkil etilgan. Qöşma Investitsiya fondini tasis etiş böyiça faol iş olib borilmoqda.
Hududlar örtasidagi hamkorlikning yangi mexanizmi işga tuşirildi. Özbekistonning uçta viloyati delegatsiyalari Amerika ştatlari bilan hamkorlikni yölga qöyiş uçun uşbu mamlakatda böldi.