Rossiyadagi harbiy gospitalda feldşerlik qilgan özbekistonlikka sud hukmi öqildi
7-01-2026, 20:48
486 марта

Rossiyadagi harbiy gospitalda feldşerlik qilgan özbekistonlikka sud hukmi öqildi
Rossiya Qurolli kuçlari harbiy gospitalida 2 yil feldşerlik qilgan samarqandlik erkakning ozodligi 4 yilga çeklandi.Unga köra, mazkur iş 2025 yilning 24 dekabr kuni Jinoyat işlari böyiça Payariq tuman sudida körib çiqilgan. Unda sudlanuvçi S.B. aybiga iqror bölgan. Erkakning aytişiça, u 2023 yil 1 may kuni işlaş maqsadida Rossiya Federatsiyasining Petropovlovskaya-Kamçatka şahriga borgan. Dastlab, xususiy klinikada feldşer sifatida işga kirgan. Biroq işi yaxşi bölmagani sababli boşqa iş qidirgan. Şundan söng, tanişlaridan Rossiya harbiy kuçlariga feldşerlarga qabul bölayotganini, boşqa davlat fuqarolari ham qabul qilinayotganini va oylik maoşi 210 ming rubl miqdorida ekanini eşitgan.
U Rossiya Qurolli kuçlariga ariza bilan murojaat qilgan. Keyinroq, S.B. ga faks orqali uning arizasi qanoatlantirilgani va Belgrad şahriga borişi kerakligi haqida xabar kelgan. Şundan söng u Belgrad şahriga borib joylaşgan va 3 kun dam olgan. Şu davr mobaynida harbiy gospital boş vraçi bir marotaba suhbat qilgan. Suhbat davomida S.B. dan qayerdanligi, kimligi, qayerda öqigani va diplom mutaxasisligi, iş staji haqida söralgan. Suhbatdan 2 kun ötib erkak işga qabul qilingan va 11740-sonli harbiy qismda ikki yil davomida feldşerlik qilgan. Xizmati davomida – 2025 yil yanvar oyida unga Rossiya Federatsiyasi fuqaroligi, xizmat ötayotgani haqida harbiy guvohnoma va harbiy jeton berilgan.
2025 yil iyul oyida Özbekistonda unga nisbatan jinoyat işi qözğatilganini bilib, harbiy xizmat davomida – 2025 yil 8 oktyabr kuni tatilga çiqqan. Şundan söng, qilgan qilmişi jinoyat ekanini anglab, jazo olişi uçun tatil vaqtida Özbekistonga qaytib kelgan. Qaytişidan oldin esa Rossiya tomonidan berilgan hujjatlarini yoqib yuborgan.
Sudlanuvçi Jinoyat kodeksining 154-1-moddasi 2-qismi bilan aybli deb topilgan va unga şu modda bilan 4 yil muddatga ozodlikni çeklaş jazosi tayinlangan.