USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

8 yanvardan metan quyiş şaxobçalari iş vaqti çeklandi: qaror qaysi hududlarga taalluqli?

1 370 марта
8 yanvardan metan quyiş şaxobçalari iş vaqti çeklandi: qaror qaysi hududlarga taalluqli?

2026 yil 8 yanvar sanasidan boşlab Özbekistonda metan gaz quyiş şaxobçalari faoliyatiga vaqtinçalik çeklovlar joriy etildi. Bu haqda Energetika vazirligi rasman malum qildi.

Malumotga köra, endilikda respublika böylab metan quyiş şaxobçalari soat 10:00 dan 16:00 ga qadar faoliyat yuritişi belgilangan. Uşbu çora mamlakatda magistral gaz quvurlarida bosimning pasayişi, şuningdek, aholi va ijtimoiy soha obektlarini tabiiy gaz bilan barqaror taminlaş maqsadida qabul qilingan.

Energetika vazirligi malum qilişiça, Farğona vodiysi hududlarida metan quyiş şaxobçalarining iş vaqti biroz boşqaça tartibda amalga oşiriladi. Yani, Andijon, Namangan va Farğona viloyatlarida şaxobçalarning iş rejimi mahalliy hokimliklar bilan kelişilgan holda, gaz bosimi va texnik imkoniyatlardan kelib çiqib belgilanadi.

Şu örinda diqqatga sazovor jihat şundaki, Xorazm viloyatida ayrim metan quyiş şaxobçalari odatiy tartibda işlayotgani kuzatilmoqda. Bu esa jamoatçilik orasida “yangi çeklovlar barça viloyatlar uçun bir xil amal qiladimi yoki hududlar kesimida farq qiladimi?” degan savollarni keltirib çiqarmoqda.

Hozirça Xorazm viloyati böyiça mahalliy mutasaddi idoralar tomonidan rasmiy izoh yoki alohida grafik elon qilinmagan. Şu sababli metan quyiş şaxobçalarining ayrim hududlarda çeklovsiz faoliyat olib borişi qarorning ijrosi masalasida savollar tuğdirmoqda.

Energetika vazirligi esa joriy çeklovlar vaqtinçalik ekanini takidlab, vaziyat barqarorlaşgandan söng metan quyiş şaxobçalari odatiy iş rejimiga qaytişi mumkinligini malum qilgan.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: