“Xaloyiq, uyğonaylik”. Özbek jamoatçiligi Solovyovning gaplariga keskin javob qaytarişni talab qilmoqda
13-01-2026, 09:40
978 марта

“Xaloyiq, uyğonaylik”. Özbek jamoatçiligi Solovyovning gaplariga keskin javob qaytarişni talab qilmoqda
Solovyovning mazkur bayonoti köpçilik, şu jumladan, butun Markaziy Osiyo va Armaniston aholisi tomonidan keskin qabul qilindi. Jamoat faollari öz munosabatlarini bildiriş bilan birga, birlaşgan holda norozilik notasi yuboriş zarurligini takidlamoqda.
“Yuksaliş” umummilliy harakat raisi, Qonunçilik palatasi deputati Bobur Bekmurodov Solovyovning gaplariga tupurib qöyiş yetarli ekanini qayd etdi.
“Xalqaro huquqqa tupurişni taklif qilgan bu nusxa mintaqamizni özining imperiyaça doktrinalariga kiritişni taklif qilibdi. Zamon özgardi. Xalqlar taqdiri telestudiyalardagi baqir-çaqirlar yoki “katta oğalar”ning körsatmasi bilan hal qilinadigan davrlar tarix axlatxonasiga ketganiga ança böldi. Sarhadlarimiz — bizning or-nomusimiz. Mustaqilligimizga bölgan har qanday tahdid “itoatkorlik” bilan emas, millatimizning birdamlikdagi qatiy zarbasi bilan qarşi olinadi. Bunday provokatsiyalar faqat va faqat qöşnilarni duşmanga aylantiradi. Bizda öz uyimizni himoya qiliş uçun iroda ham, resurs ham, jasorat ham yetarli!”, dedi u.
Deputat söngsöz örnida “mustaqilligimiz abadiy bölişini tilab”, MOning beş davlati bayroqlarini joyladi.
Iqtisodçi Otabek Bakirov uning sözlarini qimorbozlardan kaltak yeb, afti majaqlangan muştumzör alamini tinç ketayotganlardan olayotganga öxşatdi.
“Suriya va Venesueladan tepilganlarning propagandaçisi mintaqamizga tahdid qilyapti. Bu xuddi qimorbozlardan kaltak yeb, afti majaqlangan muştumzör öz yölida tinç ketayotganlarga dağdağa qilişiga öxşaydi... Bu moxovlar uç kun qor yoğgandi, qorini kuray olişmay yotişibdi. Dağdağasiga ölasanmi? Özing har yili million uruğing qurib axlatingga botayotgan bölsang, har yili 2 millionga ösayotgan 85 millionlik Markaziy Osiyoga döq urişingga balo bormi?”, dedi u.
“Nima bölgandayam bunday pöpisa bayonotlarni javobsiz qoldirmaslik kerak” degan fikrda. “Markaziy Osiyo davlatlari birgalikda nota beriş kerak kamida. Yagona pozitsiyada ekanimizni körsatiş kerak, deya takidladi Bakirov.
Özbekiston Milliy axborot agentligi boş direktorining birinçi örinbosari, huquqşunos Xuşnudbek Xudoyberdiyevning fikriça, bu fikr katta ehtimol bilan Kremlda yopiq eşiklar ortida muhokama qilingan.
“Aslida-ku Solovyov kabi esini yegan ahmoqlarning gapi etibor berişga ham arzimaydi. Lekin boşqa jihati bor. Rossiya taktikasi şunaqa, hukumat xohlayotgan gaplarni qöştirnoq içidagi jamoat faollari tilidan ayttirişadi. Yani bu tasodifan aytilgan gaplar emas, Kremlda yopiq eşiklar ortida muhokama qilingan va keyin pastga tuşirilgan tezislar böliş ehtimoli katta. Bu orqali Rossiya hukumati jamoatçilik reaktsiyasini kuzatadi, ja döppi tor kelsa, bu özining şaxsiy fikri, bizga aloqasi yöq, degan şablon gap bilan qutiladi”, deya tuşuntirdi u.
Huquqşunos şuningdek, Özbekistonning konstitutsiyaviy tuzumi va suverenitetiga qarşi gapirgan xorijliklarni nima uçun “persona non grata” deb elon qilmasligimiz kerak, degan savol bilan yuzlandi.
“Taşqi işlar vazirligi bu borada alohida bayonot berişi, Rossiya elçisini zudlik bilan çaqirtirişi va Solovyov fikrlariga izoh talab qilişi kerak. Faqat ötgan safar Zaxar Prilepinning gapidan keyin rus elçisini ‘taklif qilganimiz’ kabi şarmanda bölmaylik. Elçilar bunaqa holatda taklif qilinmaydi, çaqirtiriladi!”, deya eslatib ötdi u.
“Uyğonaylik, xaloyiq, uyğonaylik! Közimizni kattaroq oçaylik. Vatanimiz mustaqilligini himoya qiliş uçun aqlimizni işlataylik. Agar hozir aqlimizni işlatmasak, ertaga Vatan himoyasi uçun qurol işlatişga majbur bölib qolamiz”, dedi Xuşnudbek Xudoyberdiyev.