Bolaga ota ismini familiya sifatida berişga ruxsat etilişi mumkin

Bolaga ota ismini familiya sifatida berişga ruxsat etilişi mumkin. Oliy Majlis Qonunçilik palatasining 13 yanvardagi majlisida deputatlar Oila kodeksiga şu haqda qöşimça kiritiş közda tutilgan qonun loyihasini birinçi öqişda qabul qildi.
Uşbu loyiha bilan Oila kodeksining 69-moddasiga qöşimça kiritiş taklif etilmoqda. Bu moddada bolaning familiyasi ota-onaning familiyasiga qarab belgilanişi közda tutilgan.
Majlisda sözga çiqqan Adliya vaziri örinbosari Numon Muhammadiyev hozirgi kunda ota yoki ona tomonidan bolaga milliy ananalarga köra, boboning ismi böyiça familiya berilayotganini bildirdi.
«Hozirgi vaqtda ota ismini bolaga familiya sifatida beriş imkoniyatining yöqligi qonunçilik hujjatlarini turliça talqin qilinişiga hamda fuqarolarning haqli etiroziga sabab bölmoqda. Masalan, bolalar uyida ulğayganlar yoki otalik huquqidan mahrum qilingan şaxslarning farzandi öz bolasiga otalik huquqidan mahrum qilingan otaning ismini familiya sifatida berişni xohlamayapti», dedi Muhammadiyev.
Uning sözlariga köra, bunday hollarda ota-ona malum muddatdan söng, farzandining tuğilgani haqidagi dalolatnomalarga özgartiriş kiritiş orqali öz familiyasini bermoqda.
Adliya vaziri örinbosari xalqaro tajriba ham örganilganini, Rossiya, Qozoğiston, Qirğiziston va Tojikiston hamda qöşni Turkmanistonda bolaning familiyasi nafaqat bobo, balki ota ismi böyiça ham berilişi belgilab qöyilganini bildirdi.
Şulardan kelib çiqqan holda, Oila kodeksining 69-moddasiga otaning ismini bolaga familiya sifatida beriş böyiça qöşimçalar kiritiş taklif etildi.