Özbekistonda poyezd çiptalari narxi yana oşadi
16-01-2026, 17:28
584 марта

Özbekistonda poyezd çiptalari narxi yana oşadi
Özbekistonda joriy yil 1 fevraldan boşlab poyezd çiptalari narxi 15 foizga qimmatlaydi. Bu haqda “Özbekiston temir yöllari” AJ xabar berdi.Qayd etilişiça, 1 fevraldan boşlab yuqori tezlikda harakatlanuvçi “Afrosiyob” elektropoyezdlari çipta narxlari 15 foizga oşiriladi. Ular uçun yangilangan çipta narxlari quyidagiça belgilanadi:
Toşkent – Buxoro:
- VIP — 1 138 000 söm;
- Biznes — 760 000 söm;
- Ekonom — 509 000 söm.
- VIP — 976 000 söm;
- Biznes — 642 000 söm;
- Ekonom — 429 000 söm.
- VIP — 709 000 söm;
- Biznes — 455 000 söm;
- Ekonom — 311 000 söm etib belgilandi.
Bildirilişiça, çiptalar narxi bugungi kunda yuqori tezlikda harakatlanuvçi elektropoyezdlarga texnik xizmat körsatiş va ehtiyot qismlar xarajatlari oşgani, elektr energiyasi va ekspluatatsiya xarajatlarining köpaygani, harakat xavfsizligini töliq taminlaş hamda xalqaro standartlar darajasida xizmat körsatişni davom ettiriş zarurati, elektropoyezdlar infratuzilmasini saqlaş va doimiy modernizatsiya qiliş işlari hamda yölovçilarga sifatli xizmat körsatiş maqsadida oşirilgan.