USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Olloqulixon ming nafar xorazmlik savdogarni tutqunlikdan qanday qutqargan edi?

437 марта
Olloqulixon ming nafar xorazmlik savdogarni tutqunlikdan qanday qutqargan edi?

Tarix çarxpalagi şunday aylanadiki, bazan birgina oqilona qaror minglab insonlar taqdirini özgartirib yuboradi, butun bir davlatning xalqaro maydondagi nufuzini belgilab beradi. XIX asrning birinçi yarmida Xiva xonligi siyosiy hayotida röy bergan voqealar bunga yorqin misoldir.

Şoir va tarixçi Muhammadrizo Ogahiyning maşhur “Riyoz ud-davla” (“Baxt-saodat boğlari”) asarida keltirilgan malumotlar şunçaki quruq tarixiy xabarlar emas. Ularda davlat rahbarining öz xalqi oldidagi masuliyati, murakkab geosiyosiy vaziyatlarda esa töğri qaror qabul qila oliş salohiyati jonli tasvirlangan.

Olloqulixon 1825 yilda saltanat taxtiga ötirgan paytda mintaqa siyosiy jihatdan nihoyatda qaltis holatda edi. Yangi hukmdor avvalo içki boşqaruvni mustahkamlaşga etibor qaratdi. Davlat tayançlari qayta körib çiqildi, işonçli va sadoqatli şaxslar masul lavozimlarga tayinlandi. Xususan, Hazorasbdek strategik ahamiyatga ega harbiy-siyosiy nuqtaning ukasi Rahmonquli töraga topşirilişi çegara xavfsizligini taminlaş va markaziy hokimiyat nufuzini oşirişga qaratilgan puxta öylangan qaror edi.

Biroq Olloqulixonning haqiqiy siyosiy irodasi taşqi munosabatlarda, ayniqsa, öşa davrning eng oğriqli muammosi — asirlar masalasida yaqqol namoyon böldi.

Tarixiy manbalarga köra, 1840 yilga kelib Rossiya imperiyasi bilan Xiva xonligi örtasidagi munosabatlar keskinlaşgan. Rossiya hududida ming nafarga yaqin xorazmlik savdogar va yölovçilar uşlab turilgan, karvon yöllari tösilgan edi. Bu nafaqat savdo-iqtisodiy aloqalarga jiddiy zarba böldi, balki minglab oilalarni iztirobga soldi.

Olloqulixon bu çigal masalani harbiy kuç bilan emas, diplomatik yöl bilan hal etişni maqul kördi. U Xivada saqlanayotgan rus asirlarini ozod qiliş va özaro almaşuv ötkaziş haqida qaror qabul qildi. Bu öşa davr uçun juda jasoratli va uzoqni közlab qilingan qadam edi.

Nozik diplomatik missiyani bajariş vazifasi ilm va din sohasida katta obrö-etiborga ega bölgan Otajon oxundga topşirildi. Şuningdek, uşbu jarayonda ingliz zobiti Riçmond Şekspirning iştirok etişi ham etiborga molik. 1840 yil avgust oyida yölga çiqqan karvon oğir sahro yöllarini bosib ötib, öz oldiga qöyilgan vazifani muvaffaqiyatli bajardi.

Rossiya imperatori Olloqulixonning bu olijanob taşabbusini qabul qildi. Natijada tutqunlikda saqlanayotgan ming nafarga yaqin xorazmlik savdogar va yölovçilar ozod etildi. Ularning Ramazon hayiti arafasida — 1840 yil noyabr oyida ona yurtga qaytişi xalq uçun qöşaloq şodiyonaga aylandi. Bu voqea davlat öz fuqarosini oğir damlarda ham yolğiz taşlab qöymasligini amalda isbotladi.

Olloqulixon hukmronligi nafaqat diplomatik yutuqlar, balki yirik bunyodkorlik işlari bilan ham tarixda qolgan. Mamlakat içki xavfsizligini taminlaş maqsadida 1842 yilda Xiva şahri atrofida yangi mudofaa devori — “Dişan qala” qurilişi boşlandi. Ogahiy yozişiça, uşbu loyihaga Muhammadyaqub mehtar va Otamurod quşbegi rahbarlik qilgan.

Etiborlisi şundaki, bunday mahobatli inşoot xalq haşari yöli bilan bor-yöği öttiz kun içida barpo etilgan. Bu xalqimizning birdamligi, mehnatsevarligi va bunyodkorlik salohiyati naqadar yuksak ekanini körsatadi. Ogahiy uşbu devorni mustahkamligi bilan maşhur Iskandar Zulqarnayn devori — Saddi Iskandariyga qiyoslaydi.

Şu bilan birga, manaviy hayot ham etibordan çetda qolmagan. Xonlik hududida yangi madrasalar qurildi. Rahmonberdi biy tomonidan eski binolar örnida toşdan tiklangan madrasa ilm ahli uçun katta tuhfa böldi. Bu talim maskanlari nafaqat diniy, balki dunyoviy ilmlar rivojiga ham xizmat qildi. Xon va ayonlarning madrasa oçiliş marosimlarida şaxsan iştirok etişi davlatning marifatga bölgan yuksak etiborini körsatadi.

Bundan taşqari, aholi sonini köpaytiriş va xöjalik hayotini jonlantiriş maqsadida amalga oşirilgan çora-tadbirlar ham ahamiyatli böldi. Rahimquli töra boşçiligidagi yurişlar natijasida yigirma ming xonadonga yaqin aholi Xorazmga köçirib kelindi. Bu demografik ösiş bilan birga, yangi yerlarni özlaştiriş va hunarmandçilikni rivojlantirişga zamin yaratdi.

Xulosa qilib aytganda, Olloqulixon davriga turliça baholar berilsa-da, uning hukmronligi davlat boşqaruvining muhim saboqlarini namoyon etadi. Xonning öz xalqi taqdiriga befarq bölmagani, fuqarolarini tutqunlikdan qutqariş yölida körsatgan qatiyati va yurt xavfsizligi uçun qisqa muddatda amalga oşirgan bunyodkorlik işlari bugungi kun uçun ham ibrat maktabi bölib qolmoqda.

Alişer Egamberdiyev tayyorladi, ÖzA

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: