USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Şavkat Mirziyoyev: Xorazm şonli tariximiz bilan yangi islohotlar tutaşgan çorraha

385 марта

2 may kuni Urganç tumanida Xorazm viloyatini iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantiriş böyiça ustuvor vazifalar muhokamasi yuzasidan yiğiliş bölib ötdi.
Prezident Şavkat Mirziyoyev Xorazm şonli tariximiz bilan yangi islohotlar tutaşgan çorraha ekanini takidladi.
Logistika zanjiridan uzoqda, tabiiy resurslari çeklangan bu diyorda bultur “kiçik va örta biznes yili” böldi, deyiş mumkin. 2024 yili viloyatda 7 ming yangi tadbirkor iş boşlagan, 47 ta korxona kiçikdan örtaga ötgan. 1 ming 700 ta korxona faoliyati tiklangan. Bularning natijasida viloyatda bir yil içida 290 ming aholi işli bölgan.
Lekin oldinda dolzarb masalalar köp. Viloyatda kambağallik darajasi hali ham 12 foiz atrofida, 45 ming fuqaro işsiz. Şuning uçun hokimlar va örinbosarlari har bir imkoniyatni loyihaga aylantirib, yangi iş örinlari yaratişi, sanoat, servis, turizm, qişloq xöjaligi, eksport salohiyatini yanada oşirişi zarurligi aytildi.
Davlatimiz rahbari bu sohalardagi imkoniyatlar va ularni işga soliş çoralarini körsatib ötdi.  
 Masalan, yurtimizda turizm eksporti salohiyati 10 milliard dollar bölsa, şuning 2 milliard dollari aynan Xorazmga töğri keladi. Afsuski, bu töliq işga solinmayapti.


Viloyat böyiça jami 263 ta madaniy meros obidasi mavjud. Tadbirkorlar bilan hamkorlikda ular turistik maskanga aylantirilsa, qöşimça daromad va iş örinlari böladi. Şuningdek, çet eldan tajribali arxeologlarni jalb qilib, tarixiy joylarni aniqlaş va tiklaşga mablağ ajratiladi.
Xorazmda 40 dan ortiq hunarmandçilik yönalişlari rivojlangan bölib, sayyohlar mahsulot tayyorlaş jarayoniga ham qiziqadi.
Turizmda ovqatlaniş joylari juda muhim. Prezidentimiz milliy taomlarimizni çet ellarda tanitayotgan restoratorlarni qöllab-quvvatlaş zarurligini takidladi. Xorijda özbek restoranlari taşkil qilişda röyxatdan ötiş, ruxsatnoma va iş yuritiş bilan boğliq xarajatlarning bir qismi qoplab berilişi belgilandi.
Mehmon örinlari va transport qatnovlarini köpaytiriş, yangi köngiloçar va tematik maskanlar barpo etiş, gid va ofitsiantlar tayyorlaş masalalariga ham töxtalib ötildi.   
Umuman, bu yil jami 200 million dollarlik 91 ta loyihani bajariş, turizm va xizmatlar sohasida 100 mingta iş örni oçiş vazifasi qöyildi. 2 million xorijiy va 10 million mahalliy sayyoh jalb qilib, turizm eksportini 700 million dollardan oşiriş mumkinligi körsatib ötildi.
Iqtisodiyot sohasida ham imkoniyat köp. Bu yil Xorazmda kamida 6 foiz iqtisodiy ösişni taminlab, yalpi hududiy mahsulotni 60 trillion sömdan oşiriş közda tutilgan. 265 ming aholini band qilib, 104 ming odamni kambağallikdan olib çiqiş möljallangan.
Masalan, xususiylaştiriş dasturiga asosan 2025 yilda viloyatda 41 ta davlat binosi, 350 gektar yer uçastkasi savdoga qöyilayapti. Bu xizmat körsatiş, turizm va işlab çiqariş sohalari uçun katta imkoniyat.
Sönggi sakkiz yilda Xorazmda mebel sanoati 3 karra ösdi. Xonqadagi 10 gektar yerda mebelçilik zonasi taşkil etildi. Bu tarmoqni yanada rivojlantiriş uçun xorijdan dizayner, marketolog, injener-texnolog olib kelinadi.
Umuman, yurtimizda bu sohaga qöşimça turtki beriş uçun maxsus dastur tayyorlaş topşiriği berildi.
Hozir jahondagi murakkab şaroitda innovatsiya va investitsiya jalb qilgan davlat yutayapti. Bu borada Xorazmda ham rejalar ulkan. Jumladan, bu yil 900 million dollarlik 12 ta yirik, 480 ta hududiy loyiha işga tuşiriladi. 65 turdagi mahsulot, 5 turdagi uskuna işlab çiqarilib, mahalliylaştiriş hajmi 1,7 trillion sömga yetkaziladi. 1,5 milliard dollar xorijiy investitsiya jalb etilib, 510 million dollarlik eksport qilinadi.
Masalan, Qöşköpir tumanidagi 175 gektarda “Özbekiston – Xitoy texnoparki” taşkil qilinmoqda. U yerda 1 milliard dollarlik 16 ta investitsiya loyihalari böladi.
Tuproqqalada 10 milliard dollarlik gaz-kimyo majmuasining birinçi bosqiçi boşlanadi. Unda yiliga 2 million tonna 14 turdagi yuqori qöşilgan qiymatli bazaviy polimer mahsulotlari işlab çiqariladi.
Xorazmdagi 663 ta quriliş materiallari korxonasi bölib, viloyatning drayver tarmoqlaridan biriga aylandi. Endi ularning mahsulotlari sotilişi moliyaviy çoralar orqali qöllab-quvvatlanadi. Tarmoqda 100 million dollarlik yana 40 ta loyiha boşlanadi.
Slovakiya kompaniyasi tomonidan Tuproqqala tumanida 170 million dollar hisobidan raps ösimligi yetiştiriş va undan bioetanol işlab çiqariş yölga qöyiladi.
Qişloq xöjaligi tarmoqlarida 60 million dollarlik 56 ta loyiha işga tuşiriladi. 3 ming 400 gektar yer qayta foydalanişga kiritiladi. 1 ming 200 gektar sanoatlaşgan mevali boğlar taşkil qilinadi.


Baliqçilikni rivojlantiriş, sutni qayta işlaş, dalalarda qöşimça mahsulotlar yetiştiriş çora-tadbirlari belgilandi.
Aholi farovonligini oşiriş maqsadida bunyodkorlik işlari ham rejalaştirilgan. Jumladan, bu yil 7 ming xonadonli 200 ta köp qavatli uy quriladi, 1,5 ming kilometr yöl va 20 ta köprik tamirlanadi. Bu sohada 20 ming nafar aholi iş bilan taminlanadi.
Ijtimoiy sohalarni rivojlantiriş vazifalari ham körsatib ötildi. Tibbiyot maskanlari va yuqori texnologik jarrohlik amaliyotlarini köpaytirib, aholini soğlomlaştiriş, texnikum va oliygoh talabalarini dual talimga qamrab oliş, yoşlarni iş bilan taminlaş masalasiga alohida etibor qaratildi.


Avstriyaning “Bauer” kompaniyasi bilan Xorazmda 7,5 ming gektarda yomğirlab suğorişni joriy qiliş rejalaştirilgan. Bunda fermerlarga şunday texnikalar tayyor örnatilib, lizing asosida sömda yillik 2,5 foiz stavkada 10 yil muddatga beriladi.
Xorazmlik fermerlar tannarxni tuşiriş uçun izlanib, traktorga zamonaviy “avtopilot” örnatgan. Natijada çigit töliq aniqlikda ekiladi, sifat oşadi. Bu taşabbusni qöllab-quvvatlaş uçun imtiyozli kredit berilişi qayd etildi.
Viloyatda ekin maydoniga suv çiqariş oson emas. Respublikadagi nasoslarning 21 foizi şu yerda joylaşgan. Ularga quyoş paneli örnatib, elektr xarajatini iqtisod qiliş muhimligi takidlandi.

Yiğilişda belgilangan çora-tadbirlarni bajariş rejalari yuzasidan mutasaddilarning axboroti eşitildi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: