Davlatimiz rahbari Xorazmdagi “Urganç klaster”ning yangi korxonalari faoliyati bilan tanişdi
2-05-2025, 16:37
1 095 марта
Davlatimiz rahbari Xorazmdagi “Urganç klaster”ning yangi korxonalari faoliyati bilan tanişdi.Klasterning taşkil etilganiga beş yil bölgan. Bugun u paxta xomaşyosini yetiştirişdan tortib tayyor kiyim-keçak tikişgaça bölgan barça jarayonlarni qamrab olgan yaxlit “zanjir”. Uning tizimida 3 ming kişi iş bilan taminlangan.
Tadbirkor 8 ming 500 gektar maydonda yetiştirilgan paxtani 100 foiz qayta işlaydi. Buning uçun paxta tozalaş va yoğ zavodlari bor.
Şu kunlarda klasterning ip-yigiruv hamda mato töqiş quvvati ortdi. Qöşimça investitsiya evaziga yana ikkita korxona faoliyati yölga qöyildi. Germaniya, Yaponiya va Turkiyadan zamonaviy uskunalar keltirib örnatildi.
Korxonada öquv-tajriba markazi taşkil etilgan. Tikuvçi va dizayner-mutaxassislar avval şu yerda öqitilib, keyin işga qöyiladi.
Bularning natijasida işlab çiqariş hajmi sezilarli ortdi. Yiliga 10 ming 800 tonna atrofida ip-kalava va 3 million dona tikuvçilik mahsulotlari tayyorlaş quvvati yaratildi.


Prezident Şavkat Mirziyoyev yangi fabrikalarda bölib, iş jarayoni, tayyor mahsulotlarni közdan keçirdi. Tikuvçi xotin-qizlar bilan suhbatlaşdi. Ularning oylik maoşlari, mehnat şaroitlari bilan qiziqdi.Bu yerda tayyorlanayotgan yuqori sifatli kiyim-keçaklarning katta qismi eksportga yönaltiriladi. Korxonaning yillik eksport salohiyati 28 million dollar atrofida.
Mahsulotlar turi va sifatini köpaytirib, eksport kölamini kengaytiriş, energiya tejamkorlik orqali mahsulot tannarxini kamaytiriş böyiça tavsiyalar berildi.

