USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

“Markaziy Osiyo yoşlarining DNKsida böysuniş hissi yöq”. Bekmurodov Mixeyevga javob qaytardi

254 марта

“Markaziy Osiyo yoşlarining DNKsida böysuniş hissi yöq”. Bekmurodov Mixeyevga javob qaytardi 

Rossiyalik propagandaçi Sergey Mixeyev Vladimir Solovyovning “Rossiya 1” telekanalidagi “Veçer s Vladimirom Solovyovim” dasturi efirida Rossiya uzoq yillar davomida Markaziy Osiyo davlatlarini qöllab-quvvatlab kelgani, şuning uçun mazkur davlatlar “öz örnini bilişi” kerakligini aytgan edi. “Yuksaliş” umummilliy harakati raisi, Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputati Bobur Bekmurodov Mixeyevning mazkur gaplariga munosabat bildirdib, hozirgi Markaziy Osiyo yoşlarining DNKsida böysuniş hissi yöqligini aytdi.

“Afsuski, hali-hanuz televizion studiyalarda ötirib ötgan asr kategoriyalari bilan yaşaşga urinayotgan “ekspert”larga murojaat qilmoqçiman. Iltimos, quloq soling va mana şu reallikni yaxşilab yodda tuting.
Birinçidan, Markaziy Osiyo va Kavkaz — bu endi keçagi mintaqa emas. Bu – oçiq, mustaqil, iqtisodiy jihatdan kuçli subektdir. Bu yerga Xitoy, Turkiya, Yevropa Ittifoqi, şu jumladan Rossiya tomonidan milliardlab investitsiyalar kiritilmoqda. Ular, eng avvalo, barqarorlikka sarmoya kiritmoqda.

Şuningdek, u Markaziy Osiyoning demografik salohiyatini ham urğulagan va bugungi kunda mintaqa yoşlarining DNKsida böysuniş hissi yöqligini aytgan.

“Uçinçidan, demografiyaga qarang. Markaziy Osiyo — bu 80 million aholi, ularning qariyb 60 foizi 35 yoşgaça bölgan yoşlardir. Bu faol yoşlar. Ular mustaqillik ruhida ulğaygan. Ularning DNKsida böysuniş hissi yöq, bunday teledasturlar bilan ularni qayta tarbiyalab bölmaydi. Ular erkinlikni, öz yölini va mustaqil davlatlar tanlagan yölni qadrlaydi”, deydi Bekmurodov.

Bundan taşqari, u bunday bayonotlar Rossiya biznesiga salbiy tasir qilişini aytgan.

“Törtinçidan, oğzaki tajovuz, avvalo, Rossiya biznesiga salbiy tasir qiladi. Butun mintaqada Rossiya biznesi transportdan tortib energetikagaça bölgan köplab sohalarda yetakçi örinlarni egallab turibdi. Bunday bayonotlar, eng avvalo, aynan şu kompaniyalarni davlat idoralari, hamkorlar va bu mamlakatlar fuqarolari oldida juda noqulay ahvolga solib qöyadi. Siz aslida öz biznesingizning oyoğiga çalyapsiz. Bungini tuşunişingiz kerak: ular munosabatlar qurişga harakat qilyapti, siz esa ularni vayron qilyapsiz.


Bu ritorikani töxtatiş vaqti keldi! Ittifoqçilik ruhiga mos harakat qiliş kerak. Keling, yetakçilarimiz, eng avvalo Rossiya Federatsiyasi rahbari aytib kelayotgan haqiqiy şeriklik yölidan boraylik. Tengma-teng muloqot qilişni örganing”, deydi Bobur Bekmurodov.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: