USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Endi “prava” olişda nazariy darslarda qatnaşiş majburiy emas

736 марта

Endi “prava” olişda nazariy darslarda qatnaşiş majburiy emas

Joriy yil 1 fevraldan boşlab Özbekistonda haydovçilik guvohnomasini olişda nazariy darslarda qatnaşiş talabi bekor qilindi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining 2025 yilning 25 oktyabrida qabul qilingan “Transport vositalarini boşqariş tizimini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarorida keltirilgan.

Unga köra, “A” va “B” toifadagi transport vositalarini boşqariş huquqini oliş uçun talabgorlar haydovçilarni tayyorlaş böyiça majburiy öquv dasturining nazariy qismini mustaqil özlaştirişi mumkin böladi. Bunda:
  • talabgorlar öz ixtiyoriga köra nazariy bilimlarni oliş uçun öquv kurslarida (onlayn yoki oflayn şaklda) öqiydi yoxud mustaqil tayyorlanadi;
  • talabgorlar majburiy öquv dasturida belgilangan amaliy maşğulotlarda avtomototransport vositalari va şahar elektr transporti vositalari haydovçilarini tayyorlaş hamda qayta tayyorlaş böyiça davlat va nodavlat talim xizmatlarini körsatiş faoliyati bilan şuğullanuvçi yuridik şaxslarda töliq qatnaşadi;
  • talabgorlar majburiy öquv dasturida belgilangan amaliy maşğulotlarda töliq qatnaşgandan söng transport vositalarini boşqariş könikmalarini baholaşning ijobiy natijalariga asosan haydovçilik guvohnomasini oliş uçun nazariy va amaliy imtihonlarni topşiradi;
  • talabgorlarning haydovçilarni tayyorlaş öquv dasturining amaliy maşğulotlardagi öqişni tugatgani haqidagi malumotnoma elektron tarzda şakllantiriladi;
  • “A” va “B” toifadagi transport vositalari haydovçilarini tayyorlaş va qayta tayyorlaş öquv guruhlarini Davlat yöl harakati xavfsizligi xizmatida röyxatga oliş tartibi bekor qilinadi.


Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: