Qozoğiston göşti Özbekistonga 3 dollardan sotilayotgani aytildi
4-02-2026, 17:01
454 марта

Qozoğiston göşti Özbekistonga 3 dollardan sotilayotgani aytildi
Qozoğistonda 2025 yil uçun bojxona statistikasi elon qilindi. Unda 1 kg göşt Özbekistonga örtaça 3 dollar atrofida sotilgani keltirilgan. Bu haqda “Cmn.kz” xabar berdi.Qayd etilişiça, statistikada 2025 yilda Özbekiston Qozoğistondan 66,1 ming tonna mol göşti va submahsulotlarini 189,9 million AQŞ dollariga sotib olgani aks etgan. Bu örtaça hisobda bir kilogramm uçun 2,87 dollarni taşkil etadi. Şu bilan birga, ayni davrda Qozoğiston içki bozorida mol göştining çakana narxi 30 foizdan köproqqa oşib, bir kilogrammi 4–4,5 ming tengega yetgan.
Qozoğiston Savdo va integratsiya vaziri örinbosari Janel Kuşukova mazkur malumotlarga izoh berib, bunday raqamlarni şubhali deb atagan. U narxlar örtasidagi tafovutga töxtalar ekan, bu raqamlar texnik xatolik oqibati bölişi mumkinligini bildirgan.
“Göştni davlat davlatga sotmaydi, balki aniq işlab çiqaruvçi şartnoma asosida sotadi. Agar içki bozorda narx bir neça baravar yuqori bölsa, işlab çiqaruvçi uçun mahsulotni 3 dollardan çetga sotiş iqtisodiy jihatdan foydasiz”, deydi u.Vazir örinbosarining sözlariga köra, vaziyatni alohida tekşiriş zarur.
“Bu malumotlarni sinçiklab örganiş, jumladan, bojxona organlaridan aniqlaştiriş kerak – texnik xatolik bölişi ehtimoldan xoli emas”, deydi Kuşukova.