Ijara haqini kim belgilaydi — aholimi yoki boşqaruv kompaniyasi?
11-02-2026, 13:37
223 марта
Ijara haqini kim belgilaydi — aholimi yoki boşqaruv kompaniyasi?Ijtimoiy tarmoqlarda JEKka ijara haqini tölamaganlar elektr energiyasidan uzilişi mumkinligi haqidagi xabarlardan söng, fuqarolar orasida narxlar va xizmatlar sifati böyiça savollar köpaydi.
Mazkur holat yuzasidan Özbekiston Respublikasi Quriliş vazirligi rasmiy tuşuntiriş berdi.
Vazirlik malumotiga köra, aholi köp qavatli uylarda xizmat körsatiş uçun tölov miqdorini özlari erkin belgilaydi. Şuningdek, fuqarolar özlariga maqul bölmagan boşqaruv kompaniyasini almaştiriş huquqiga ham ega.
Barça tölovlar “Mening uyim” axborot tizimi orqali amalga oşiriladi. Har bir köp qavatli turar joy alohida hisob raqamiga ega bölib, mablağlar şaffof tarzda yuritiladi. Boşqaruv kompaniyalari aholi oldida moliyaviy hisobot taqdim etişi şart. Agar hisobot taqdim etilmasa, tölovlar vaqtinça töxtatilişi mumkin.
Malum qilinişiça, respublika böyiça xizmatlar uçun örtaça narx 1 kvadrat metr uçun 1221 sömni taşkil etadi. Toşkent şahrida esa bu körsatkiç 1823 sömga teng.
Mutasaddilar takidlaşiça, yangi tartib uy-joy sohasida şaffoflikni taminlaş, xizmat sifatini oşiriş va aholi manfaatlarini himoya qilişga qaratilgan.