Texnikum öqituvçilari va xodimlariga 200 foizgaça ustama tölanadi
11-02-2026, 17:07
293 марта
Texnikum öqituvçilari va xodimlariga 200 foizgaça ustama tölanadiHukumatning 2026 yil 11 fevraldagi VMQ-51-son qarori bilan xalqaro talim dasturlari joriy etilgan texnikumlar xodimlari mehnatiga haq tölaşning yangi tartibi tasdiqlandi.
Mazkur qarorga köra, texnikumlarda faoliyat yuritayotgan rahbar va pedagog xodimlar uçun qator qöşimça moliyaviy rağbatlantiriş çoralari belgilandi.
100 foizlik ustama
Xalqaro talim dasturlariga jalb etilgan direktor, boş buxgalter, öqituvçi va işlab çiqariş talimi ustalariga har oylik majburiy tarzda 100 foizlik ustama tölanadi.
Rağbatlantiriş jamğarmasi
Qarorga muvofiq, mehnatga haq tölaş fondining 50 foizi miqdorida maxsus rağbatlantiriş jamğarmasi taşkil etiladi. Uşbu jamğarma pedagog va xodimlarning samaradorligini oşirişga xizmat qiladi.
Natijaga qarab 200 foizgaça qöşimça haq
Yuqori reyting ballarini töplagan pedagog xodimlar bazaviy tarif stavkalariga nisbatan 200 foizgaça qöşimça rağbat puli oliş imkoniyatiga ega böladi.
Mazkur qaror xalqaro standartlar asosida talim sifatini oşiriş, malakali kadrlarni jalb etiş va texnikumlarda samaradorlikni kuçaytirişga qaratilgan.