Özimdan ötganini özim bilaman – “Baxti Taşkentskiy”ning akasi
12-02-2026, 23:52
81 марта

Özimdan ötganini özim bilaman – “Baxti Taşkentskiy”ning akasi
“Köça” havas qiladigan narsa emas. Bu haqda jinoyat olamida “Baxti Taşkentskiy” laqabi bilan tanilgan Baxtiyor Qudratullayevning akasi, hozirda jazo muddatini ötayotgan Şuhrat Qudratullayev Içki işlar vazirligining “Sönggi puşaymon” loyihasiga bergan intervyusida aytib ötdi.“Panjara ortida hozir mana 12-yil, undan oldin 10 yil “Jasliq” 71-koloniyada ötirdim. 2007 yildan 2017 yilligaça. Hozir mana 10 yil 6 oyga “kesilganman”. Ötmiş qöymasakan, yana şu joylarga kelib qoldim. Ötmişda köça hayotini havas qilib yaşaganmiz. Keyinçalik havas qiladigan narsa emasligi bildik. Köp narsa yöqotdik: jigarlarimizni, oilamizni, bolalarimizning yoşligini. Kerakli bölgan paytda oilamizni oldida böla olmadik. Özimiz sababçi bölib şunaqa joylarga kelib qoldik. Özimdan ötganini özim bilaman”, deydi u.
Şuningdek, u hozirda ozodlikda bölganida qöldan kelgança davlatga foydali bölişini, foydasi tegmasa ham zarari tegmasligini aytgan.
“Yoşlarga töğri yölda yurişini aytaman. Mana, Prezidentimiz şaroit yaratib beryaptilar. Tadbirkorlik qilib, öqişlarda öqisin. Yoşlarga qonun ustuvorligini, qonunni hurmat qilişini, afsusdaligimni, puşaymonligimni aytaman. Özimdan, oilamdan sezaman bu narsani. Oilam ham qiynalib ketdi. Hozir 60 ga çiqyapman”, deydi u.