“Öztest” markazi tugatiladi
13-02-2026, 00:03
110 марта

“Öztest” markazi tugatiladi
“Öztest” markazini tugatiladi va Akkreditatsiya markazi Vazirlar Mahkamasi böysunuviga ötkaziladi. Bu haqda bugun, 12 fevral kuni Prezident Şavkat Mirziyoyev texnik tartibga soliş sohasini xalqaro talablar asosida tubdan yangilaş yuzasidan taqdimot bilan tanişişi çoğida malum qilindi.Qayd etilişiça, sönggi tört yilda milliy standartlarning yarmi xalqaro talablarga töliq uyğunlaştirilgan. Mamlakat akkreditatsiya tizimi 185 ta davlat orasida 29-örinni egallagan. Milliy laboratoriyalar natijalari Germaniya, Koreya va Yaponiya kabi 37 ta davlat tomonidan tan olina boşlagan.
Şu bilan birga, xavf darajasi yuqori bölgan 156 ta tovar pozitsiyasini majburiy davlat röyxatidan ötkaziş bekor qilingan. Majburiy sertifikatdan ötadigan tovarlar pozitsiyasi 27 foizga qisqargan.
Bu tufayli sohada adolatli raqobat muhiti şakllangani, ortiqça ovoragarçilik kamayganini tadbirkorlarning özi ham tan olmoqda.
Şu bilan birga, sohada hali yeçimini kutayotgan masalalar köpligi takidlangan. Jahon savdo taşkilotiga azo böliş jarayonida birinçi navbatda texnik tartibga soliş tizimi töliq xalqaro talablarga mos bölişi şartligi qayd etilgan.
Avvalo, mahsulotni baholaşda korxona faoliyatini tekşiriş amaliyoti tadbirkorlar noroziligiga sabab bölayotgani körsatib ötilgan. Amaldagi tartibga köra, talabga javob bermaydigan mahsulot aniqlanganda, uning aylanmasi emas, uni işlab çiqargan tadbirkorning faoliyati çeklanmoqda.
Rivojlangan davlatlar tajribasida xavf-tahlilga asoslangan bozor nazorati tizimi amal qiladi. Bunda işlab çiqaruvçi mahsulot muvofiqligini deklaratsiyalaş orqali barça masuliyatni öz zimmasiga oladi, sifat va xavfsizlikni kafolatlaydi.
Şu munosabat bilan mamlakatda davlat nazoratidan bosqiçma-bosqiç voz keçilib, bozor nazorati tamoyillariga ötiladi. Buning uçun “Bozor nazorati töğrisida” alohida qonun loyihasi işlab çiqilgan.
Eskirgan standartlar va samarasiz texnik reglamentlardan voz keçiş va töliq xalqaro standartlarga ötiş zarurligi körsatib ötildi. Hozirda 33 mingdan ortiq standart mavjud bölib, ularning 50 foizi eskirgan yoki xalqaro talablarga mos emas.
Şu bois, 6 ta texnik reglament bekor qilinadi, 29 tasi qayta körib çiqiladi. Joriy yilda 4 ming 460 ta, kelgusi yilda 2,5 mingdan ziyod, 2028 yilda esa 817 ta xalqaro standartni qabul qiliş maqsad qilingan.
2026 yil 1 iyuldan töqimaçilik, çarm, mebel, elektrotexnika, avtomobilsozlik, axborot texnologiyalari, 2027 yildan boşlab neft-gaz, metallurgiya, transport, quriliş mahsulotlari, tibbiy buyumlar, 2028 yildan boşlab esa energetika, kimyo, ekologiya va xizmat körsatiş sohalarida işlab çiqariş va xizmat körsatişni töliq xalqaro standartlar asosida taşkil etiş rejalari malum qilingan.
Sertifikatsiya jarayonini yanada soddalaştiriş zarurligi qayd etilgan. Hozirgi murakkab tizim tannarx asossiz oşişiga, byurokratiya va korruptsiyaga şaroit yaratayotgani körsatib ötilgan. Xavf-tahlil asosida baholaş tizimi joriy etilib, qolgan tovar pozitsiyalari böyiça ham majburiy sertifikatlaşni bekor qiliş va bosqiçma-bosqiç deklaratsiyalaşga ötkaziş taklif qilingan.
Umuman, “Mahsulotning umumiy xavfsizligi töğrisida”gi qonun loyihasini qabul qiliş maqsadga muvofiq ekani takidlangan.
Sohada institutsional özgarişlar amalga oşiriladi. Texnik tartibga soliş agentligi tarkibidagi taşkilotlar “Öztest” markazini tugatiş va Akkreditatsiya markazini Vazirlar Mahkamasi böysunuviga ötkaziş orqali 5 tadan 3 taga qisqartirilişi belgilangan.
“Sinov va sertifikatlaş xizmatlarini töliq xususiy sektorga beriş taklif qilindi. Ayni paytda xususiy sektorda barça sohalarni qamrab olgan 207 ta sinov laboratoriyasi va 73 ta sertifikatlaş idorasi faoliyat yuritmoqda. Soğlom raqobat muhitini şakllantiriş maqsadida Angliyaning “Intertek”, Şvetsiyaning “SGS” Frantsiyaning “Bureau Veritas”, Germaniyaning “TÜV” kabi yetakçi xalqaro kompaniyalari jalb qilinadi”, deyiladi xabarda.
Taqdimotda “SUz” milliy muvofiqlik belgisini joriy etiş, akkreditatsiya organining mustaqilligini taminlaş, sinov laboratoriyalari faoliyatini raqamlaştiriş, metrologiya tizimini isloh qiliş hamda etalon bazasini kengaytiriş masalalari ham körib çiqilgan.