Elektromobillarga 300 sömlik tarif va yangi imtiyozlar beriladi
18-02-2026, 08:18
635 марта

Elektromobillarga 300 sömlik tarif va yangi imtiyozlar beriladi
Özbekistonda 2026 yildan elektromobil egalari va “yaşil” transportda faoliyat yuritayotgan taksiçilarni qöllab-quvvatlaşga qaratilgan yangi çoralar amalga oşiriladi. Bu taşabbuslar prezident farmoni bilan tasdiqlangan 2026 yilgi davlat dasturida belgilangan.Joriy yil 1 maydan boşlab elektr quvvatlaş şoxobçalarida 1 kV•s energiya uçun tölov 300 söm etib belgilanadi. Agar amaldagi tarif bundan yuqori bölsa, farqi davlat byudjeti hisobidan qoplanadi. Şu orqali elektr transportidan foydalaniş xarajatlari sezilarli darajada kamaytiriladi.
1 martdan etiboran elektromobilda taksi xizmati körsatayotgan özini özi band qilgan fuqarolar uçun qator yengilliklar joriy etiladi. Jumladan, ijtimoiy soliq böyiça 10 foizgaça imtiyoz beriladi. Şuningdek, davlat taşkilotlariga qaraşli avtoturargohlarda, aeroport va vokzal hududlarida 30 daqiqagaça bepul töxtaş imkoniyati yaratiladi. Qoidabuzarlik va yöl-transport hodisalarisiz 1 million kilometr masofani bosib ötgan haydovçilar “Tabiat himoyaçisi” kökrak nişoni bilan taqdirlanadi.
Quvvatlaş infratuzilmasini kengaytiriş maqsadida şoxobçalar uçun ajratiladigan yer uçastkalari auktsionda bozor bahosidan ikki barobar arzon boşlanğiç narxda taklif etiladi. Bu tartib ham 2026 yil 1 maydan kuçga kiradi.
Bundan taşqari, hududlarda 14 ta botanika va dendrologiya boği, 20 ta soya-salqin sayr köçasi barpo etiş rejalaştirilgan. Frantsiya, Xitoy va Saudiya Arabistoni tajribasi asosida suniy yomğir yoğdiriş texnologiyasini joriy qiliş böyiça ilmiy asoslangan pilot loyiha ham işlab çiqiladi.
Uşbu çora-tadbirlar ekologik barqarorlikni taminlaş, atmosfera ifloslanişini kamaytiriş va “yaşil” iqtisodiyotni rağbatlantirişga xizmat qiladi.