Özbekistonlik birinçi kosmonavt umumxalq oçiq tanlovida aniqlanadi
19-02-2026, 16:17
124 марта

Özbekistonlik birinçi kosmonavt umumxalq oçiq tanlovida aniqlanadi
Özbekiston Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi (Özbekkosmos) mamlakat mustaqilligi tarixida ilk bor koinotga parvoz qiliş uçun nomzodlarni umumxalq oçiq tanlov asosida saralaşni rejalaştirmoqda. Bu haqda “Özbekkosmos” direktor örinbosari Muhiddin Ibragimov “Özbekiston 24” telekanaliga bergan intervyusida malum qildi.Uning sözlariga köra, joriy yilning 16 fevral kuni ötkazilgan yiğilişda Prezident Şavkat Mirziyoyev fazoga kosmonavt yuboriş masalalari böyiça maxsus komissiya tuzişni topşirgan. Uşbu komissiya nomzodlarni tanlaş, ularni tayyorlaş hamda parvozni taşkil etiş bilan şuğullanadi.
Kosmonavtlikka nomzodlarga qöyiladigan talablar yuqori böladi. Ibragimovning takidlaşiça, ular soğliq holati, fiziologik körsatkiçlar, ilmiy darajasi va xorijiy tillarni biliş kabi mezonlarni öz içiga oladi.
Birinçi özbek kosmonavti 10-14 kunlik qisqa muddatli parvozga tayyorlanadi. Parvoz aniq ilmiy dastur doirasida amalga oşiriladi:
- tibbiyot va biologiya (masofaviy diagnostika, mahalliy dorivor ekstraktlar samaradorligini örganiş);
- ösimliklar genetikasi (qurğoqçilik va şörga çidamli navlarni sinovdan ötkaziş, yopiq agro-biotizimlarni modellaştiriş);
- materialşunoslik (materiallar, matolar va tolalarning issiqlikni töplaş va çiqariş xususiyatlarini sinaş).
Şu bilan birga, Özbekistonda özining ilmiy suniy yöldoşini yaratiş işlari ham olib borilmoqda. Uni 2028 yilda uçiriş rejalaştirilgan.