Özbekiston davlat qarzining ösişi oxirgi yillarda qanday özgardi?
25-02-2026, 11:09
246 марта

Özbekiston davlat qarzining ösişi oxirgi yillarda qanday özgardi?
2026 yilning 1 yanvar holatiga Özbekistonning davlat qarzi 46,8 mlrd dollarga yetdi. Davlat qarzining 39,8 mlrd dollari – taşqi qarz, 7 mlrd dollari esa – içki qarz. Davlat qarzi ötgan yilning mos davriga nisbatan 6,6 mlrd dollar yoki 16,5 foizga oşdi. Özbekistonning eng yirik kreditorlari – Jahon banki va Osiyo taraqqiyot banki bölib qolyapti. Qarzning 64 foizi dollarda, 12 foizi sömda, 9 foizi yevroda jalb qilingan.
2025 yilning yakunlariga köra, Özbekistonning davlat qarzi 46,8 mlrd dollarni taşkil etdi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi hisobotida keltirilgan.
Ötgan yil davomida davlat qarzi 6,6 mlrd dollarga yoki 16,5 foizga köpaydi. Bunda davlat taşqi qarzi 6,1 mlrd dollarga ösib 39,8 mlrd dollarga, davlat içki qarzi 542 mln dollarga ösib, 7 mlrd dollarga yetgan.
Özbekiston davlat qarzi 2019-2025 yillar oraliğida quyidagiça özgargan:
2019 yil –17,8 mlrd dollar (+19,4 foiz);
2020 yil – 23,4 mlrd dollar (+31 foiz);
2021 yil – 26,3 mlrd dollar (+12,6 foiz);
2022 yil –29,2 mlrd dollar (+11 foiz);
2023 yil – 34,5 mlrd dollar (+19,5 foiz);
2024 yil – 40,2 mlrd dollar (+15,1 foiz);
2025 yil – 46,8 mlrd dollar (+16,5 foiz).
Ötgan yil yakunlariga köra, jon boşiga davlat qarzi 1225 dollarni taşkil etdi.
Jalb qilingan qarz mablağlari nimaga işlatilgan?
Hisobot davri yakuniga köra, jami davlat taşqi qarzining 50 foizi (19,8 mlrd dollar) byudjetni qöllab-quvvatlaşga, 14 foizi (5,6 mlrd dollar) yoqilği-energetika sohasiga, 8 foizi qişloq va suv xöjaligiga (3,3 mlrd dollar), 8 foizi (3 mlrd dollar) transport va transport infratuzilmasiga, 8 foizi uy-joy kommunal xöjaligiga (3,1 mlrd dollar) yönaltirilgan.
Özbekiston kimlardan qarz olgan?
2026 yil 1 yanvar holatiga davlat taşqi qarzining asosiy qismi quyidagi taşkilotlardan jalb qilingan:
Jahon banki — 8,9 mlrd dollar;
Osiyo taraqqiyot banki — 8,3 mlrd dollar;
Xalqaro investorlar (xalqaro yevrobondlar) — 5,8 mlrd dollar;
Xitoy moliya taşkilotlari – 3,9 mlrd dollar;
Yaponiya moliya taşkilotlari — 3 mlrd dollar;
Osiyo infratuzilma investitsiyalari banki — 2,3 mlrd dollar;
Frantsiya moliya taşkilotlari – 1,3 mlrd dollar;
Islom taraqqiyot banki — 1 mlrd dollar;
Germaniya davlat banki — 739 mln dollar;
Koreya moliya taşkilotlari — 722 mln dollar;
Xalqaro valyuta jamğarmasi — 628 mln dollar;
Yevropa tiklaniş va taraqqiyot banki — 457 mln dollar;
Boşqa moliyaviy taşkilotlar — 2,5 mlrd dollar.
Taşqi qarzning valyuta tarkibi quyidagiça: dollardagi kreditlar — 64 foiz, özbek sömidagi — 12 foiz, yevrodagi – 9 foiz, yapon iyenasidagi — 6 foiz, yuandagi — 3 foiz.
Avvalroq, Iqtisodiyot va moliya vaziri Jamşid Qöçqorov taşqi qarz masalasi köp muhokamalarga sabab bölayotganini aytib, bu masalaga quyidagiça izoh bergandi.
«Davlat qarzi ijtimoiy tarmoqlarda muhokama bölyapti. Ösib borayotgan iqtisodiyotimiz köp mablağga muhtoj. Taşqi investitsiyalar, DXŞ asosidagi loyihalardan ham mablağlar kirib kelyapti. Davlat vazifalarini bajariş bilan boğliq xarajatlar, içimlik suv, yöl, infrastruktura, şuningdek, mudofaa qobiliyati, çegaralarimiz xavfsizligini taminlaş bilan boğliq xarajatlarning bir qismini taşqi qarz evaziga qoplaşga töğri keladi. Özbekistonning istalgan eng çekka hududlarida ham uy-joylarni tadbirkorlar quryapti. Tadbirkorlarda odamlar ipoteka olib, uyni sotib oladi, degan işonç bor. Ipoteka muddati uzoq va banklarni ipoteka bilan qoplaş mablağlari ham çet eldan olib kelinadi. Bu taşqi qarz mablağlarimiz oşişiga olib keladi», – degandi vazir.
Malumot uçun, byudjetnomada 2025 yilda jalb qilinadigan taşqi qarzning çeklangan hajmi 5,5 mlrd dollar edi. Şundan 3 mlrd dollari davlat byudjeti taqçilligini moliyalaştiriş uçun, qolgan qismi esa investitsiya loyihalariga yönaltirilişi közda tutilgandi.
Umumiy taşqi qarz – 75 mlrd dollar
Taşqi qarz ikki turga bölinadi: davlat qarzi va xususiy (korporativ) qarz. Ayni paytda Özbekistonning davlat qarzi 47 mlrd dollar, bu haqda yuqorida batafsil yozdik. Öz navbatida, Özbekistonda röyxatdan ötgan subektlar davlat kafolatisiz taşqi qarz olsa, bu xususiy taşqi qarz deya qayd etiladi. Şunday bölsa-da, bunday «xususiy» qarzlarning katta qismi davlatga tegişli kompaniyalar hissasiga töğri keladi. Masalan, Özsanoatqurilişbank, Asakabank va Aloqabank Xitoy banklaridan kredit olib, yangi binolar qurdi.
Agar Özbekistondagi davlat banki yoki korxonasi öz nomidan va davlatning rasmiy kafolatisiz qarz olsa, bu xususiy qarz hisoblanadi. Lekin bu qarz davlat banki tomonidan olinayotgani sababli uni «yarim davlat» yoki «kvazi-davlat» qarzi sifatida ham tasniflaş mumkin, çunki qarz oluvçi – davlatga tegişli yoki davlat tomonidan nazorat qilinadigan taşkilot. Bu qarz davlat qarziga kirmaydi, lekin davlatning moliyaviy barqarorligiga tasir qilişi mumkin, ayniqsa, davlat korxonasi olgan qarzini qoplaşda qiyinçilikka duç kelgan paytda.