Rossiya va Ukraina örtasidagi uruşda qatnaşgan Özbekiston fuqarosi 3 yilga qamaldi
25-02-2026, 15:40
178 марта

U Rossiya Mudofaa vazirligi bilan şartnoma tuzib, harbiy xizmatga kirib, Ukrainaga qarşi qurolli töqnaşuvda iştirok etgan.
Joriy yilning 20 fevral kuni jinoyat işlari böyiça Pop tuman sudining oçiq sud majlisida I.D.ga oid jinoyat işi körib çiqildi.
Aniqlanişiça, sudlanuvçi I.D. moddiy manfaatdorlikni közlab, özga davlat hududida, uning tarafini olib qurolli töqnaşuvda va harbiy harakatlarda qatnaşiş uçun yollanib, Rossiya Mudofaa vazirligi bilan şartnoma tuzib, harbiy xizmatga kirib, quyidagi holatda jinoyat sodir qilgan.
Unga köra, I.D. 2023 yil mart oyida işlaş maqsadida Rossiyaning Moskva viloyatiga borgan va 2024 yil sentyabr oyiga qadar quriliş işlarida işlab, qonuniy tartibda Rossiya hududida bölib turişi bilan boğliq hujjatlari bölmaganligi uçun u 2024 yil sentyabr oyida Rossiya huquqni muhofaza qiluvçi organ xodimlari tomonidan qölga olinib, vaqtinça saqlaş hibsxonasiga joylaştirilgan.
Rossiya içki işlar xodimlari I.D.ga Rossiyadan çiqarilib yuborilişini, biroq Ukraina davlatiga qarşi uruşda bir yil davomida qatnaşadigan bölsa, uruş qatnaşçilariga beriladigan yordamga xususan, katta miqdordagi bir martalik pul mukofoti, oylik iş haqi va Rossiya fuqaroligiga ega bölişini aytişgan.
Şundan söng, u 2024 yil 2 oktyabr kuni moddiy manfaatdorlikni közlab, Özbekiston fuqarosi böla turib, boşqa davlatning tomonida olib uruşda iştirok etiş, noqonuniy ekanligini bilsa-da, özining şaxsiy manfaatlarini közlab, Rossiya tomonidan Ukrainaga qarşi qurolli töqnaşuvlarda qatnaşişga rozilik bildirib, şartnoma asosida RQ qurolli kuçlari safiga harbiy xizmatga kirganligi töğrisida hujjatlar rasmiylaştirilib, u Rossiya Mudofaa Vazirligiga qaraşli harbiy qismga oddiy askar unvonida işga qabul qilingan.
Şundan söng, I.D. bir guruh uruşga yollangan şaxslar bilan Rostov viloyatining Ukraina davlati Zaparoje viloyati bilan çegaradoş hududdagi harbiy poligonga borib, uşbu joyda ikki oy davomida harbiy tayyorgarlikdan ötgan.
2025 yil mart oyida Ukraina qurolli kuçlari tomonidan amalga oşirilgan hujumda I.D. öng yonboşidan snaryad oskolkasidan jarohatlanib, Tokmak nomli aholi yaşaş punktidagi tibbiy muassasada davo çoralari körilib, tanasidan oskolka parçalari olingan.
I.D. Ukrainaga qarşi qurolli töqnaşuvda qatnaşiş uçun Rossiya armiyasiga yollangani sababli unga tegişli bank plastik kartasiga katta miqdordagi bir martalik mukofot puli va har oylik pul taşlab berilgan.
I.D. 2025 yil sentyabr oyida 14 kunlik mehnat tatiliga çiqqaç, uruşda halok bölişi mumkinligini öylab, Ukrainaga qarşi qurolli töqnaşuvlarda iştirok etayotgan Rossiya armiyasi safiga qaytib bormasdan 2025 yil 30 sentyabrda Qozoğiston orqali Namangan viloyati Pop tumanidagi yaşaş uyiga qaytib kelgan.
Sud hukmiga köra, sudlanuvçi I.D. JKning 154-moddasining 1-qismi, 154-1-moddasining 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topildi.
Unga JKning 154-moddasining 1-qismi bilan JKning 57-moddasini qöllab, 3 yil muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlandi.