Xiva Osiyoning eng gözal şaharlari qatorida
27-02-2026, 06:56
205 марта
Xiva Osiyoning eng gözal şaharlari qatoridaPolşaning National Geographic Traveler jurnali maxsus sonida Özbekiston şaharlariga bağişlangan maqola elon qildi. Unda Xiva Osiyoning eng gözal 30 ta şahri qatoriga kiritildi.
Polşalik jurnalist Agneşka Franus muallifligidagi maqolada Xivaning boy tarixiy-madaniy merosi, Buyuk Ipak yöli davriga oid memoriy yodgorliklari alohida etirof etilgan. Ayniqsa, Içan-Qalʼa majmuasi yuksak baholanib, uning noyob memoriy qiyofasi va asrlar davomida saqlanib kelayotgan tarixiy muhiti haqida alohida töxtalib ötilgan.
Naşrda Xiva şahrida sayyohlar uçun yaratilgan şart-şaroitlar, xavfsizlik darajasi, transport infratuzilmasi ham ijobiy baholangan. Qayd etilişiça, Özbekistonda, xususan Xivada mustaqil sayohat qiliş uçun barça qulayliklar mavjud bölib, xizmatlar sifati va narxi özaro mutanosib.
Şuningdek, maqolada xorazmliklarning mehmondöstligi va samimiy munosabati ham alohida takidlangan.