Allamjonovni öldirmoqçi bölgan yigit qamoqxonada vafot etdi
28-02-2026, 13:09
750 марта

Allamjonovni öldirmoqçi bölgan yigit qamoqxonada vafot etdi
2025 yilning 12 fevral kuni Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining sobiq mulozimi Komil Allamjonovga suiqasd işi böyiça 23 yillik qamoq jazosiga hukm qilingan suiqasd ijroçisi Ismoil Jahongirov Içki işlar vazirligiga qaraşli jazoni ijro etiş muassasasidan ölik holda topildi. Bu haqda “Ozodlik” Jahongirovning oila azolariga tayanib xabar berdi.
Manbaning malum qilişiça, Jahongirov öz joniga qasd qilgan. Hodisa joriy yilning 26 fevral kuni sodir bölgan, mahkum izolyatorda kiyimidan foydalangan holda özini osgani aytilmoqda.
Marhumni dafn etiş marosimi keça, 27 fevral kuni asr namozi vaqtida ötkazilgan.
Allamjonovga suiqasd
26 oktyabr kuni soat 01:40 larda fuqaro S.S.ning boşqaruvidagi Range Rover rusumli avtomaşina Qibray tumani, Ifor köçasi böylab harakatlangan vaqtida 2 nafar nomalum şaxslar mazkur avtomaşinaga öqotar quroldan bir neça marotaba öq uzib, nomalum tomonga yaşiringan. Uşbu holatda biror-bir şaxs tan jarohati olmagan.
Mazkur holat yuzasidan Boş prokuratura tomonidan Jinoyat kodeksining 25, 97 (Qasddan odam öldirişga suiqasd qiliş) hamda 248 (Öqotar qurolning, öq-dorilarning, öqotar qurol asosiy qismlarining, portlovçi moddalarning, portlatiş vositalarining yoki portlatiş qurilmalarining qonunga xilof muomalasi) moddalari bilan jinoyat işi qözğatilib, Boş prokuratura, Toşkent viloyati, Toşkent şahar, Harbiy, Transport prokuraturalari hamda IIV, viloyat, Toşkent şahar IIBB, Bojxona qömitasi xodimlaridan iborat tarkibda tergov-tezkor guruhi tuzilgan.
Prezident Administratsiyasi mulozimi darajasidagi odamga suiqasd Özbekistonning yaqin 25-30 yillik tarixida közga körinmagan, quloq bilan eşitilmagan holat böldi. Bu iş köpçilikda xavotir ham uyğotdi. Kuni keça, 2019 yildan beri Özbekiston Davlat xavfsizlik xizmati raisi sifatida işlab kelayotgan, general-leytenant Abdusalom Azizov, IIV Tezkor qidiruv departamenti Jinoyat qidiruv xizmati boşliği polkovnik Ahrorjon Halimjonoviç Atxamov, Toşkent şahar IIBB boşliğining birinçi örinbosari polkovnik Doniyor Baxtiyoroviç Toşxöjayev, Toşkent şahar IIBB Tezkor qidiruv xizmati Jinoyat qidiruv boşqarmasi Uyuşgan jinoyatçilikka qarşi kuraşiş bölimi boşliği podpolkovnik Temur Akramoviç Sobirov, Davlat xavfsizlik xizmatining Içki xavfsizlik boşqarmasi boşliği lavozimida işlagan polkovnik Alijon Ğaniyeviç Aşurov, Özbekiston Boş vazirining yordamçisi – Boş vazir qabulxonasining mudiri vazifasida işlab kelayotgan Sarvar Ğaniyeviç Aşurovlarning lavozimidan ozod qilinişi aynan sobiq administratsiya mulozimi Komil Allamjonovga nisbatan uyuştirilgan suiqasd va bu işning tergovi bilan boğlanmoqda. Albatta, yuqorida nomini sanaganimiz qudratli kursilardan olingan şaxslarning nima uçun işdan olingani haqida aniq gap aytilganiça yöq. Qolaversa, bu işlar Allamjonov bilan boğliqmi yöqmi degan savolga aniq va rasmiy javob berilmadi. Ammo Allamjonov voqeasiga oid şu vaqtgaça tarqalayotgan norasmiy xabarlar sekin-asta öz tasdiğini topmoqda.
Şuningdek, OAVda Özbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktori Dmitriy Liga ham suiqasd qilingan bölişi mumkinligi haqida xabarlar tarqaldi. Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Axborot siyosati departamentining sobiq rahbari Komil Allamjonovga qilingan suiqasddan köp ötmay sodir bölgan bu voqea ham Allamjonovga daxldorligi aytilmoqda.
Suiqasdni amalga oşirganlikda ayblanib, ikki rossiyalik çeçen fuqarosi Özbekiston tomonidan Interpol qidiruviga berildi. Bular:
- Bislan Rasayev 1988 yil 26 may kuni Rossiyada tuğilgan. Avvalroq u Ukraina hududida qurolli töqnaşuv qilganlikda ayblangan.
- Şamil Temurxonov 1993 yil 10 avgust kuni Rossiyada tuğilgan. Böyi 1 m 90 sm. Vazni 90 kg.