Yaqin Şarqdagi uruş sabab Qoraqolpoğistonda ştab taşkil etildi
2-03-2026, 13:53
66 марта

Yaqin Şarqdagi uruş sabab Qoraqolpoğistonda ştab taşkil etildi
Qoraqalpoğiston Respublikasida Yaqin Şarq mamlakatlarida yuz berayotgan noxuş holatlar sababli xorijda bölib turgan hamda mamlakatga qaytişda muammolarga duç kelayotgan fuqarolar uçun 24/7 rejimda işlovçi ştab işga tuşdi. Bu haqda Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi malum qildi.“Yaqin Şarq mamlakatlarida yuz berayotgan noxuş holatlar sababli xorijda bölib turgan hamda vatanga qaytişda muammolarga duç kelayotgan fuqarolarga amaliy yordam körsatiş maqsadida Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi va Qoraqalpoğiston Respublikasi Içki işlar vazirligi hamkorligida 24/7 rejimida faoliyat yurituvçi ştab taşkil etildi”, deb yozilgan xabarda.
Şuningdek, muammoga duç kelgan fuqarolar ştabning (61) 222-27-27 telefon raqami hamda @nukusştab Telegram manziliga murojaat qilişlari aytilgan.