USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Ehtiyojmand oilalardagi ayollar uçun davlat granti 2 karra oşiriladi

66 марта

Ehtiyojmand oilalardagi ayollar uçun davlat granti 2 karra oşiriladi

Özbekistonda yangi öquv yilidan boşlab ehtiyojmand oilalardagi ayollar uçun davlat granti kvotasi 2 karra oşirilib, 4 mingga yetkaziladi. Bu haqda bugun, 6 mart kuni Köksaroy qarorgohida Prezident Şavkat Mirziyoyev iştirokida 8 mart - Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bölib ötayotgan bayram tadbirida malum qilindi.

Qayd etilişiça, bugun oliygohda öqiyotgan qizlarning soni 904 mingdan oşib, jami talabalarning 54 foizini taşkil etmoqda. Ötgan yili 60 nafar qiz dunyodagi eng nufuzli oliygohlarga öqişga kirgan.
Stajyor-tadqiqotçilar va doktoranturada tahsil olayotganlarning 8,5 ming nafari, yani 61 foizini xotin-qizlar taşkil etmoqda.

Prezident tadbirda Kegeyli tumanidan Indira Satniyazova, buxorolik Vazira Fayzullayeva, navoiylik Maşhura Qudratovaning xalqaro fan olimpiadalarida erişgan yutuqlari, bir qator xalqaro startap tanlovlari ğolibi buvaydalik Dilafruz Jöraboyevaning nufuzli “ Microsoft” kompaniyasining Özbekistondagi elçisi sifatida tan olinganini alohida etirof etgan.

Yangi öquv yilidan boşlab ehtiyojmand oilalardagi ayollar uçun davlat granti kvotasi 2 karra oşirilib, 4 mingga yetkazilişi belgilangan.
Top 300 talikdagi oliygohlar bilan qöşma talim asosida magistratura bosqiçida talim olayotgan talaba-qizlarning kontrakt pullari ham davlat tomonidan tölab beriladi.

Endilikda har yili xotin-qizlarning innovatsion ğoyalarini qöllab-quvvatlaş uçun kamida 10 ta yönaliş böyiça startap tanlovlari ötkaziladi. Bunda har bir yönaliş ğolibiga Innovatsiya jamğarmasidan 500 million sömgaça grant beriladi.
Maktabning 11-sinfini bitirib, davlat texnikumlariga kirgan qizlarni kasbga öqitiş töliq davlat granti asosida böladi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: