Özbekistonga Amudaryo orqali giyohvand modda olib ötgan afğonistonlik narkokurer uşlandi
25-03-2026, 20:19
174 марта

Özbekistonga Amudaryo orqali giyohvand modda olib ötgan afğonistonlik narkokurer uşlandi
Malum qilinişiça, Afğonistonning Qunduz viloyatida yaşovçi 1974 yilda tuğilgan şaxs davlat çegarasini noqonuniy kesib ötib, Amudaryodan qayiqda suzib ötayotgan vaqtida qölga olingan.
Tekşiruv davomida uning yonida bölgan ikki qop içidan jami 10 dona öramga joylangan, sof oğirligi 10 kilogramm 354 gramm bölgan “gaşiş” giyohvandlik vositasi borligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylaştirilgan.
Mazkur holat yuzasidan DXX Surxondaryo viloyati böyiça boşqarmasi tomonidan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. Şuningdek, uşbu jinoyatga aloqador boşqa şaxslarni aniqlaş böyiça çoralar körilmoqda.
DXX fuqarolardan şunday qonunbuzarlik holatlariga duç kelganda 1520 qisqa raqami orqali murojaat qilişni sörab, murojaat qilgan şaxslarning malumotlari sir saqlanişi kafolatlanişini eslatdi.