USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Özbekistonda 11 ta bank jarimaga tortildi

592 марта

Özbekistonda 11 ta bank jarimaga tortildi

Özbekistonda 2026 yil fevral oyida kamçiliklar aniqlangan 11 bankka nisbatan jarima sanktsiyalari qöllanildi. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati xabar berdi.

Malum qilinişiça, Markaziy bankning Bank nazorati qömitasi tomonidan 2026 yilning fevral oyidagi yiğilişlar (jami 7 marta) davomida 43 ta masala körib çiqilgan va ular böyiça tegişli qarorlar qabul qilingan.

Röyxatga oliş va ruxsat beriş yönalişida jami 30 ta masala, şu jumladan, kredit taşkilotlari ustaviga kiritilgan özgartirişlarni röyxatdan ötkaziş (3 ta), kredit taşkilotlarining ustav fondidagi uluşiga egalik qiliş uçun ruxsat beriş (1 ta), banklarda audit ötkaziş huquqini beriş uçun auditorlik malaka sertifikatini taqdim etiş (6 ta), mikromoliya taşkilotlarini hisob röyxatidan ötkaziş (5 ta), tölov taşkiloti faoliyatini amalga oşiriş uçun litsenziya qayta rasmiylaştiriş (1 ta), şuningdek, tijorat banklari kuzatuv kengaşi va boşqaruvi azolari hamda muhim ahamiyatga ega xodimlarining nomzodlarini körib çiqiş
(14 ta) bilan boğliq masalalar körilgan.


Şu bilan birga, kredit taşkilotlarining moliyaviy holatiga oid 13 ta masala körib çiqilgan.

Şuningdek, qonunçilik talablariga muvofiq faoliyatini taşkil etmagani uçun xamda inspektsiya va örganişlar davomida aniqlangan kamçiliklar uçun  11 ta bankka nisbatan jarima sanktsiyalari qöllanilgan.

Prudentsial normativ talablariga rioya etilmaganligi, öz faoliyatini qonunçilik hujjatlari talablariga belgilangan tartibda muvofiqlaştirmagani hamda örganişlar davomida aniqlangan kamçiliklar uçun 14 ta bank va 4 ta tölov taşkiloti çora va sanktsiyalar qöllanilişi töğrisida ogohlantirilgan.
Bundan taşqari, 8 ta bankka nisbatan vujudga kelişi mumkin bölgan yöqotişlarning bank moliyaviy barqarorligiga salbiy tasirini kamaytiriş, ularda makroprudensual buferlar şakllantirişini taminlaş maqsadida bank aktsiyadorlariga oddiy aktsiyalari böyiça dividendlar tölaş orqali foydani taqsimlamaslik talabi belgilangan.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: