Özbekiston va Tojikiston yetakçilari yangi loyihalarni işga tuşirdi
26-03-2026, 20:41
62 марта

Özbekiston va Tojikiston yetakçilari yangi loyihalarni işga tuşirdi
Bugun, 26 mart kuni Oliy davlatlararo kengaşning birinçi yiğilişidan söng Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev va Tojikiston Respublikasi Prezidenti Imomali Rahmon yirik kooperatsiya loyihalarini işga tuşiriş marosimida iştirok etdi. Bu haqda Özbekiston yetakçisining matbuot xizmati xabar berdi.Qayd etilişiça, davlat rahbarlari 10 ta qöşma loyihani boşlab bergan. Ular doirasida Tojikistonda mebel va çarm mahsulotlari korxonalarini taşkil etiş, maişiy texnika işlab çiqarişni kengaytiriş, töqimaçilik quvvatlarini barpo qiliş, Toşkentda turarjoy majmuasi va savdo obektlarini quriş hamda Farğona viloyatida konserva mahsulotlari işlab çiqarişni yölga qöyiş közda tutilgan.

Bundan taşqari, Andijon viloyatida sut mahsulotlari, Surxondaryo viloyatida esa meva şarbatlari va metall briketlar işlab çiqariş quvvatlari işga tuşirilgan.

Şuningdek, Yangi Toşkentdagi köçalardan biriga Duşanbe şahri nomini berişga bağişlangan tantanali marosim bölib ötgan.
Özbekiston va Tojikiston Prezidentlari taqdimot qilingan loyihalarning amalga oşirilişi ikki mamlakat örtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada kengaytirişga kuçli surat bağişlaşiga işonç bildirgan.