USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Bir xil ayblov: Blogerlar hibsi ortida nima bor?

57 марта
Bir xil ayblov: Blogerlar hibsi ortida nima bor?

2026 yil boşidan beri Özbekiston axborot maydonida bir neçta jurnalist va blogerlar deyarli bir xil ayblov – asosan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan hibsga olindi.

Oxirgi marta “Sirojiddin media” YouTube kanali asosçisi bloger Sirojiddin Odilovning hibsga olingani haqida xabarlar tarqaldi. Tergov malumotiga köra, u bir fuqaroning moliyaviy muammosini hal qilib beriş vadasi bilan pul olgan va vadasini bajarmaganlikda gumon qilinmoqda. Şu asosda unga nisbatan 168-modda (firibgarlik) hamda 211-modda (pora beriş) böyiça jinoyat işi qözğatilgan. 

Biroq, Odilov bu yilda ayni şunday ayblov bilan qamalgan yagona bloger emas. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan malumotlarga köra, 2026 yil boşidan beri bir qator bloger va jurnalistlarga nisbatan ham şunga öxşaş ayblovlar qöyilgan. Ular orasida Ğayrat Aberayev, Azizjon Yuldaşev, Sardor Hamidov, Marjona Eşquvvatova, Dilşod Nişonov, Elyor Tojiboyev, Furqat Rözmetov, Azamat Avezov, Fazliddin Mehmonov va Aziz Ğoipnazarov kabi blogerlar bor.

Nega blogerlar işida aynan bir xil ayblovlar takrorlanmoqda? Firibgarlik moddasi blogerlarga qarşi universal ayblovmi?

Sönggi yillarda Özbekistonda blogerlarga nisbatan oçilgan jinoyat işlari tahlil qilinsa, tanqidiy çiqişlari bilan tanilgan bir neçta blogerlar ham aynan moliyaviy jinoyatlar, firibgarlik yoki tovlamaçilik ayblovlari bilan sudlangani közga taşlanadi.

Masalan, avvalroq bloger Abduqodir Möminov ham firibgarlik va tovlamaçilik kabi ayblovlar bilan 7 yildan ortiq muddatga qamalgan edi. 
Şuningdek, Farğona viloyatida bloger Olimjon Haydarov ham tanqidiy materiallardan keyin tovlamaçilik va moliyaviy jinoyatlar bilan 8 yilga hukm qilingan.

Takidlaş kerak, bu kabi ayblovlar huquqiy jihatdan juda jiddiy hisoblanadi. Ammo mutaxassislar fikriça, bunday moddalarni isbotlaş uçun dalillar oçiq va şaffof tarzda taqdim etilişi juda muhim.
Aytiş lozimki, Özbekistonda sönggi yillarda blogerlar jamoatçilik nazoratining muhim vositasiga aylandi. Köp hollarda ular mahalliy muammolar, korruptsiya, ijtimoiy adolatsizlik yoki mansabdorlarning harakatlari haqida materiallar tayyorlab, keng auditoriyaga yetkazmoqda.

Şu sababdan blogerlar bazan davlat idoralari yoki mahalliy manfaatdor guruhlar bilan ziddiyatga kirib qolişi tabiiy hol. Xalqaro huquqni himoya qiliş taşkilotlari ham blogerlarga nisbatan bosimlar media erkinligiga salbiy tasir qilişi mumkinligini bir neça bor takidlagan.

Şuningdek, özini bloger deb taniştirayotgan media olami vakillarining hammasi ham talablarga javob bermaydi, köpçiligi moliyaviy maqsadlarda yoki maşhurlik umidida bu yölga kirgan-u, ammo saviya va bilim jihatidan bunday darajalarga arzimasligini körsatayotgani ham bor gap.

Albatta, bloger böliş insonni jinoiy javobgarlikdan ozod qilmaydi. Agar kimdir haqiqatan firibgarlik qilgan bölsa, u qonun oldida javob berişi kerak.

Biroq muammo şundaki, bir vaqtning özida bir neçta blogerga bir xil ayblov qöyilişi jamoatçilikda şubhalarni kuçaytirmoqda. Bu holat ayrimlar tomonidan “axborot maydonini tozalaş” sifatida talqin qilinmoqda, boşqalar esa buni “qonun ustuvorligining taminlanişi” deb baholaydi.

Bunday vaziyatlarda eng muhim omil – şaffoflik. Tergov jarayonlari, sud muhokamalari va dalillar jamoatçilikka oçiq va aniq tarzda taqdim etilsa, har qanday gumonlar öz-özidan barham topadi.

Aks holda esa, bir xil stsenariydagi hibslar nafaqat blogerlar, balki butun axborot maydoniga tasir qilişi mumkin.

Axborot erkinligi va qonun ustuvorligi bir-biriga qarşi tuşunçalar emas. Aksinça, ular bir-birini mustahkamlaşi kerak.

Ayni davrda Özbekistonda blogerlar qonunbuzarlik uçun jazolanyaptimi yoki tanqidiy ovozlar sekin-asta sustlaştirilyaptimi?

Bu savolga javob esa, ehtimol, faqat sud qarorlaridan keyin emas, balki jamoatçilik nazorati va oçiq muhokamalar orqali ham aniqlaşadi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: