Özbekistonda eskirgan avtomobilni topşirganlarga avtokredit olişda imtiyozlar beriladi.
31-03-2026, 09:03
482 марта

Özbekistonda eskirgan avtomobilni topşirganlarga avtokredit foizining bir qismi qoplab beriladi
Özbekistonda 2026 yil 1 avgustdan Trade-in dasturi doirasida eskirgan avtotransportlarni topşirgan jismoniy va yuridik şaxslarga yangi transport vositalarini xarid qiliş uçun avtokredit foizining bir qismi qoplab beriladi. Bu haqda prezidentning 25 martdagi farmonida belgilandi.Trade-in — ilgari foydalanişda bölgan avtomototransport vositasini yangi avtomototransport vositasiga narxlaridagi farqni tölagan (narxlaridagi farqni olgan) holda almaştiriş.Eski maşinasini utilizatsiyaga topşirgan fuqarolarga Trade-in dasturi, kredit foizini qoplab beriş kabi imtiyozlar berilişi mamlakatning 2026 yilga möljallangan davlat dasturida ham közda tutilgandi.
Mamlakatda Trade-in dasturi 2019 yil 1 oktyabrdan tatbiq etilgan. Avtomobillar fuqarolar va yuridik şaxslar tomonidan rasmiy dilerlik korxonalariga Trade-in dasturi böyiça sotilganda bitimning notarial tasdiqlanişi talab etilmaydi. Şu bilan birga, er (xotin)ning notarial tartibda tasdiqlangan rozilik xati kerak böladi.