Özbek tilidagi front gazetalari «Qonni ham, jonni ham ayamagan»lar haqida nimalarni yozişgan?
9-05-2025, 12:01
301 марта
«Bölinmamiz Neman daryosining öng qirğoğiga kelib töxtadi, bizga qanday bölmasin tezlikda bu daryodan ötiş va duşmanning çap qirğoqda mustahkamlanib olişiga imkoniyat bermay, uni qirib taşlaş vazifasi turar edi.Men bu vazifani bajarişda taşabbuskorlik körsatdim. Tinçlik vaqtlarida otam yonida yurib, Surxon daryosida yurgan suvçilik hunarimni Nemanda körsatişga qaror qildim. Komandir ruxsati bilan aholi yaşaydigan punktdan ikki qayiq topib, jangçilarni hamda qurollarni daryodan ötkaza boşladim.
Duşman kuçli qarşilik körsatdi, pulemyot va miltiqdan ustimizga töxtovsiz öq yoğdirdi, lekin biz ustalik va çaqqonlik bilan harakat qilib mohir suvçilik namunasini körsatdik. Duşmanning öti ostida Nemanning u çetidan bu çetiga uç marta ötdik va bölinmani körsatilgan vaqtda butun jangovar texnikalari bilan Neman daryosining çap qirğoğiga ötkazdik. Bölinmamiz oldiga qöyilgan vazifani muvaffaqiyatli ravişda bajarib, duşmanni Nemanning çap qirğoğida yanada kuçliroq savaladim.
Bu sobiq askarning uruş tugagaç muxbirlarga bergan intervyusi emas. Bu 1944 yil 24 avgust, «Qizil askar haqiqati» gazetasining 52-sonida çop etilgan, uruşning qaynoq nuqtasidan yozilgan özbek askarining hikoyasi edi. Biz uruş haqida to bugungi kungaça hayot bölgan, tobora safi kamayib ketayotgan uruş qahramonlarining hikoyalarini köplab eşitib ulğaydik. Va u hikoyalar bugun matbuot arxivlarida saqlanmoqda. Ammo tarix fanlari doktori, profeyesor, «Meros» xalqaro ilmiy-amaliy ekspeditsiyasi jamoat fondi rahbari Rustambek Şamsutdinov taşabbusi bilan çop etilgan «Ikkinçi jahon uruşi va front gazetalari» nomli 3 jildli kitob özbek xalqining Ikkinçi jahon uruşida qozonilgan ğalabaga qöşgan hissasini böyi basti bilan körsatib turibdi. Birinçi kitobning muqaddimasida takidlanganidek, bu kitoblarda yiğilgan maqolalar Rossiya federatsiyasi davlat kutubxonasida saqlanayotgan «Vatan uçun», «Sovet jangçisi», «Suvorovçi», «Front haqiqati», «Qizil askar haqiqati», «Bong», «Vatan şarafi uçun», «Duşmanga qarşi olğa», «Qizil armiya gazetasi» taxlamasining elektron şaklini olib kelişga erişişgan. Yani uruş vaqtida, frontlarda özbek tilida çiqqan bunday gazetalar front va front ortidagi Özbekiston xalqining ğalabaga qöşgan ulkan hissasini tölaqonli yoritişda nihoyatda qimmatli, noyob manba bölib xizmat qilişi şubhasiz.
Ğalabaning 80 yilligi munosabati bilan Rossiyada Ikkinçi jahon uruşi qatnaşçilarini xotirlaş, ularni yöqlaş qizğin pallaga kirgan. Neça yillardan beri uruş va uruş qatnaşçilari haqida qanday malumot borki, yiğilmoqda, yildan-yilga öşa materiallar hisobiga kinolar, hujjatli filmlar işlanmoqda. Öşa malumotlar orasidan özbek halqining uruş davrida körsatgan qahramonliklari va qöşgan hissasi haqida maqolalarga qiziqib kördim. Yuqorida aytganimdek, rus xalqi öz ota-bobolarining körsatgan qahramonliklarini har tomondan örgangan, hatto uruş vaqtida qaysi taom qanday pişirilganigaça, askarlar qanday sigaret çekkanigaça, hamşira qizlar römolini qanday öraganigaça, qaysi şer, qöşiqlar askarlarni ruhlantirganigaça, qaysi davatdan, qaysi hayqiriqdan duşman tomon tahlikaga tuşganigaça xotirlangan, örganilgan. Hatto uruş davrida, Leningrad qamalida odamlarni oçlikdan saqlagan muşuklar, uyiga, egalariga quyon tutib kelgan kuçuklar haqida ham katta-katta maqolalar berilgan...
Rossiya federatsiyasining davlat kutubxonasida uruş vaqtida, özbek tilida çop etilgan gazetalarning elektron varianti saqlanayotgan ekan, demak hali xalqimizning ğalabaga qöşgan munosib hissasi ham örganiladi, körsatuvlar qilinadi, kinolar işlanadi. Çunki bu malumotlar juda kamyob va qimmatli, örganiş uçun noyob qöllanmadir. Axir yuqorida nomlari sanab ötilgan gazetalarda qahramonlarimizning öz tilidan yozilgan öşa davr soatma-soat, kunma-kun yoritib borilgan, tarixga hujjat bölib muhrlangan. Özbek askarlari orasida sapyorlardan tortib snayperlargaça, suvçidan tortib öqituvçigaça, oddiy harf teruvçidan, hisobçigaça jang qilgan. Ayniqsa özbek qizlarining jasurligi, yani gazetalarda bot-bot çiqişi bu tarixga abadiy muhrlanganidan darak. Biz bilgan Zeboxon Ğaniyeva safida Azizaxon Qalandarova, Şarofat Eşonxöjayeva, Xosiyat Usmonova, Roza Ibrohimova, Salomat Sangidova, Rahima Alimova, Sora Şukurovaga öxşagan jasur qiz-ayollarimiz borligini ham öşa paytlarda özbek tilida çop etilgan gazetalar tarixga muhrladi.
«Ukraina uçun olib borilayotgan hujum janglarimizda Buxorodan kelgan Rahima Alimova degan komsomol qiz, ayniqsa qahramonlik körsatmoqda. Öqçi rotaning sanitariya instruktori bölib xizmat qilayotgan bu jasur özbek qizi na havodan qilingan hujumdan, na duşman tomonidan uçgan öqdan, na minadan qörqadi. Unga heç narsa pisand emas. 1943 yilning 18 iyulidan 28 iyuligaça Şimoliy Donets daryosi qirğoqlarida Donbass uçun ön kunlab jang böldi. Ana şu vaqtda Rahima Alimova pulemyot, ham minomyot öti ostida 97 yarador jangçi va ofitserga şoşilinç meditsina yordami körsatdi va ularning köpini jang maydonlaridan xavfsiz yerga olib çiqdi... Bu janglar vaqtida körsatgan qahramonligi uçun Rahima Alimova «jasurligi uçun» medali bilan mukofotlandi... Podpolkovnik Savvin, «Vatan şarafi uçun» 1944 yil 16 yanvar 3-son»
Muallif uşbu gazetalar haqida kitoblar töplamiga kiritilgan maqolalar faqatgina Rossiya davlat kutubxonasiga buyurtma berib olinganini takidlaydi. Bunday gazetalar deydi tarixçi, Rossiya harbiy davlat arxivida, Mudofaa vazirligi arxivida va Rossiya, Ukraina, Belorussiya, Latviya, Litva, Estoniya, Vengriya, Çexiya, Germaniya arxiv va muzeylarida bölişi mumkin. Qolaversa, özbek öğlonlarining qahramonliklari rus tilidagi gazetalarda ham bosilgan. Masalan «Vperyod k pobede» gazetasining uçinçi sahifasida «Uzbek Umarov – metkiy strelok» nomli maqola berilgan. Va kitobda öşa rus tilidagi maqola örin olgan.
«Qizil armiya» gazetasi 1944 yil, 11 aprel 30-sonida «Qonni ham, jonni ham ayamasdan», degan maqolada gvardiyaçi katta leytenant M.Jörayev yozadi:
«Yangigina ont içgan döstlarim bilan yaqinda jangga kirdim. Töğri aytiş kerakki, bizning jangçilar nemislarning mudofaa punktini yorib kirişda şerlarça harakat qildilar. Men yaralandim, ammo jang maydonini taşlab çiqişni özimga ep körmadim. Hali kuçim bor edi, nemislarni qiyratişda davom etdim. Oz ötmay yana bir daydi öq çap yelkamga tegdi, yiqildim. Şu vaqt harbiy ontim köz oldimga keldi: «Duşman ustidan töla ğalaba qozoniş uçun öz qonimni va jonimni ham ayamayman», – degan edim. Bu ontim göyo tilga kirgandek, «Nega yotibsan er yigit, muqaddas onting yodingdan çiqdimi?», degandek böldi. Bir uyalib ketdim keyin azot örnimdan turdimu, şeriklarimga yetib oldim...»
Uşbu uç jildlik kitob orqali gazeta taxlamlarini varaqlar ekansiz, özbek yigit-qizlarining mardonovar hatti-harakatlari köz oldingizda namoyon bölaveradi. Örganişga, kinofilmlar yaratilişiga, faxrlanişga arziydigan xalqimiz farzandlari juda köp bölganiga yana bir bor amin bölasiz.
Kitob çop etilgan yili (2017 yil) söz boşi yozgan olim, tarixçi Naim Karimov uşbu gazetalarning çop etilişiga boş qoş bölgan özbek jurnalistlarining xizmati haqida şunday deydi: «Front gazetalarida xizmat qilgan jurnalist va yozuvçilarnning bir qismi armiya safiga çaqirilgaç, dastlab ularga Toşkentda oçilgan harbiy maktablarda harbiy bilim oliş imkoniyati berilgan, şundan söngina ular frontga yuborilgan. Aksar jurnalist va yozuvçilar esa töğridan-töğri uruş maydonlariga jönatilavergan... Şulardan biri köngilli bölib ketgan uruşgaça «Yoş leninçi» gazetasida kotib-maşinistka bölib işlagan Zarifa Şamsiddinova ham bor edi. U öta oğir şaroitda, duşman snaryadalri tinimsiz portlab turgan joylarda işlab, bir neça marta jasorat namunasini körsatgan. Ammo Mirzakarim Ismoiliy «Barhayot qiz» oçerkida yozişiça, 1943 yil 16 noyabr kuni keçasi faşistlarning ovçi samolyotlaridan biri öğrinça uçib kelib redaktsiya vagonlari ustiga yondiruvçi bombalarni taşlab ötgan. Şu bombalardan biri Zarifa Şamsiddinovaning hayotiga zomin bölgan. Şu kuni front jurnalistlaridan yana 18 kişi halok bölgan...»
«Ikkinçi jahon uruşi va front gazetalari» kitobining birinçi jild kiriş qismida Adham Raxmat va Meli Jöra qalamiga mansub «Mardlik qissalari (Uluğ vatan uruşi epizodlari)» asaridan parça keltirilgan: «Qizil armiya»,«Sovet jangçisi», «Vatan şarafi uçun», «Qizil askar haqiqati», «Suvorovçi» gazetalari frontçilar orasida maşhur bölib ketdi. Bu gazetalarning sahifalarida yuzlab oçerklar, esdaliklar bosildi. Ular öz öquvçilariga frontdagi muhim voqealar haqida operativ axborot berib turdilar, jangçilarni ğalaba tomon yölladilar...Frontdagi özbek gazetalari sahifalarida bosilib çiqqan, hozirgaça töplanmagan minglab oçerklar va maqolalar özbek yozuvçilari va jurnalistlarining öz jangovar sarguzaşatlari hamdir. Ular bu tarixiy epizodlarni jang maydonida, tutunlar içida, töplarning lafetlarida, samolyotlarning qanotlarida, okop va zemlyankalarda yozdilar. Çunki ularning biri komandir, biri komissar, biri serjant biri oddiy soldat edi. Ularning ham quroli, ham qalami yovga ayovsiz zarba berdi...»
Mana kinoijodkorlar uçun tayyor stsenariy, jurnalistlar haqida film işlaş uçun öşa davr gazetalar taxlamlarini öqiş, örganiş kifoya. Agar yozuvçi, jurnalistlar jon olib jon bermaganida özbek tilida önlab gazetalar çiqarilarmidi? Jon va non qayğusi yurtni qamrab olgan paytda yoziş, gazeta çop etişning yuki qançalar oğir bölganini tasavvur qilib köring-a? Yana uruş öçoqlarida...
Bugun – Xotira va qadrlaş kuni. Bu kunda el ötganlarni, jasorat va fidoyilik körsatgan özbek farzandlarini yodga oladi. Yodgorliklar poyiga gullar qöyiladi, duolar öqiladi, tarix yana bir karra jonlantiriladi.
Biroq bu kabi tadbirlar – texnologiya şiddat bilan rivojlanayotgan zamonda – tarixni saqlaş va undan saboq çiqariş uçun kamlik qiladi. Endi tarixni faqat eslabgina qolmay, uni qayta sözlaş, qayta körsatiş, yangi avlodga tuşunarli tilda taqdim etiş vaqti keldi. Arxivlardagi maqolalar, fotosuratlar va guvohliklarni raqamlaştiriş, ularni hujjatli va badiiy filmlarga aylantiriş kerak. Axir gazeta taxlamlaridagi har bir maqola, fotosurat va jonli guvohlik – bir hayot, bir qismat va har biri alohida film, kitob qilişga arziydi.
Çunki tarix – unutilsa, yöqoladi, jonlantirilsa – yaşaydi. Yana biz bilan birga nafas oladi. Tarix – ötmiş emas, u hali sözlanmagan hikoya. Unga quloq tutmoq kerak. Quloq tutiş uçun esa öşa paytda çop etilgan, arxivlarda saqlanayotgan gazetalar bor, uni izlaşda, topişda töxtamaylik. Tarix sukutni yoqtirmaydi...
Barno Sultonova