Islom tsivilizatsiyasi markazi “Ginness”ga kirdi
13-04-2026, 15:32
133 марта

Islom tsivilizatsiyasi markazi “Ginness”ga kirdi
Bugun, 13 aprel kuni Toşkent şahridagi Islom tsivilizatsiyasi markazi “Ginnessning rekordlar kitobi”ga kiritildi.Qayd etilişiça, markaz muzeyi “Islom olamidagi eng katta muzey” deb tan olingan. Inşoot Toşkentning maşhur Hazrati Imom majmuasi hududidagi 10 gektar maydonda barpo etilgan. Bino uç qavatdan iborat bölib, uzunligi 161 metr, eni 118 metrni taşkil etadi. Gumbazining balandligi 65 metr, umumiy foydalaniş hududi esa 42 ming kvadrat metrdan ziyod. Aynan şu noyob körsatkiçlar uni “Ginnessning rekordlar kitobi”ga kiritiş uçun asos böldi.
Malumot uçun, markaz qadimiy va milliy memorçilik ananalari asosida qurilgan bölib, unga tört tomondan – tört asosiy portal orqali kiriş mumkin. Uşbu portallar va binoning taşqi ravoqlari ilm-marifat, bağrikenglik, insoniylik va ota-onaga hurmat mazmunidagi Quron oyatlari hamda hadislar bilan bezatilgan. Birinçi qavatdan qariyb 8 ming 350 kvadrat metrlik körgazma zaliga ega muzey va 550 örinli anjumanlar zali örin olgan. Ikkinçi qavatda esa qölyozma va toşbosma manbalar, bosma va elektron adabiyotlar fondiga ega kutubxona, öquv zallari, şuningdek, xalqaro taşkilotlar va ilmiy muassasalar uçun şaroit yaratilgan. Gumbaz ostida maxsus mepping gologrammasi yaratilgan bölib, unda avval koinot tasviri namoyon böladi, osmondagi yulduzlar jilolanadi. Gumbaz ostidagi yulduzlar kompozitsiyasi Toşkent osmonida tunda körinadigan yulduzlar xaritasi asosida şakllantirilgan. Ularni ifoda etiş uçun 90 dona “svarovskiy” toşi va 650 dan ortiq çiroqlardan foydalanilgani mazkur zalga alohida uluğvorlik bağişlagan.
U yerda Usmon Muşafi bilan bir qatorda Özbekistonga tegişli bölgan, turli sulolalar davrida yaratilgan 114 ta nodir Quron qölyozmasi jamlangan. Ular orasida somoniylar, qoraxoniylar, ğaznaviylar, temuriylar, şayboniylar va boşqa davrlarga mansub noyob nusxalar bor. Markaz Frantsiyaning Avitsenna mukofotiga sazovor bölgan, AQŞdagi Smitson institutining “Smithsonian Magazine” naşri talqiniga köra, 2026 yilda dunyoda eng katta qiziqiş bilan kutilgan 10 ta muzeydan biri sifatida etirof etilgan. Şuningdek, “Condé Nast Traveler” naşri uni 2026 yil iyun oyida taşrif buyuriş mumkin bölgan muzeylar röyxatiga kiritgan, BBC Travel esa dunyodagi eng köp kutilgan muzeylar qatoriga qöşgan.